Page 35 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 35
Masalan: opal, xaltsedon, qaxrabo, malaxit, fosforit va boshqalar.
Amorf minerallarda zarrachalar tartibsiz joylashgan bo‘lib, ularning fizik
xossalari: nur issiqlik o‘tkazishi va bjshqalar. Bunday xossalarga ega bo‘lgan
minerallar izotrop minerallar deyiladi. Kristallangan minerallarda atomlarning
ma’lum tomonga yo‘nalgan va birlashgan xillari o‘zgarmas birligi xarakterlidir.
Minerallarning tomonlari bo‘yicha fizik xossalari o‘zgarsa ular anizotrop minerallar
deyiladi.
Savollar:
1. Kristall deb nimaga aytiladi?
2. Singoniya nima?
3. Qanday simmetriya jinslari bor va ularning aniqlashdagi
6–MASHG‘ULOT.
TOG‘ JINSLARINI HOSIL QILUVCHI MINERALLAR VA ULARNING
FIZIK XOSSALARI
Ishning maqsadi. Minerallarning asosiy nomlarini aniqlash, ularni kelib
chiqishi, tuzilishi hamda tog‘ jinslarini hosil qiluvchi minerallarini o‘rganish.
Umumiy ma’lumotlar.Mineral deb, tabiiy sharoitda murakkab fizik va
kimyoviy jaraуonlar ta’sirida yer qobig‘ida paydo bo‘lgan bir yoki bir necha
kimyoviy elementdan iborat tabiiy birikmaga aytiladi. Minerallar o‘ziga xos fizik
xususiyatlarga va kimyoviy tarkibiga ega.
1. Minerallarning fizik xususiyatlari xaqida qisqacha ma’lumot.
Minerallarning tashqi belgilariga qarab bilish va kimyoviy tarkibini
tahminan aniqlash uchun har bir mineralning fizik xususiyatlarini bilish zarur.
Mineralning fizik xususiyatiga rangi, chizig‘ining rangi, yaltiroqligi, sinishi, ulanish
tekisligi, qattiqligi, solishtirma og‘irligi va boshqalar kiradi.
1.1 Mineralning rangi.
Minerallarning rangi juda xilma-xil, oq (barit), kul rang (nefelin), sariq
(oltingugurt), pushti (mikroklin), qizil (kinovar), yashil (xlorit), ko‘k (apatit), qora
(biotit) bo‘ladi, shu bilan birga rangi juda och yoki to‘q bo‘lishi mumkin. Minerallar