Page 31 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 31

Kristallarda  simmetriya  elementlari  yakka  yoki  bir-biri  bilan  muayyan

                  kombinastiyada  kuzatilishi  mumkin.  Bunda  simmetriya  elementlarining  barcha

                  hohlagan elementlarining to‘plami mavjud bo‘lmaydi. Simmetriya elementlarining

                  ehtimoliy  to‘plamini  matematik  tomondan  keltirib  chiqaruvchi  bir  qancha

                  nazariyalar mavjud.

                           Simmetriyaning  ettita  kristallografik  tizimga  yoki  singoniyaga  (yunoncha


                  «o‘xshash burchakli»), singoniyalar esa o‘z navbatida toifalarga umumlashtiriladi.
                           Kristall  moddalarning  eng  muhim  xususiyati  ularda  polimorfizm  va


                  izomorfizm hodisasining rivojlanishida o‘z ifodasini topadi.
                           Polimorfiz (yunoncha «poli» - ko‘p, «morfe» - shakl) deb tashqi sharoitlarga


                  bog‘liq  holda  birikmalar  va  oddiy  moddalarning  turli  strukturaviy  shakllarda
                  kristallanish xossasiga aytiladi. Mazkur kristall moddalarning muayyan bir tabiiy-


                  kimyoviy  sharoitlarda  barqaror  bo‘gan  xillari  uning  polimorf  modifikastiyasi

                  deyiladi.

                           Tabiiy  mineral  hosil  bo‘lish  sharoitlari  juda  xilma-xil  bo‘lganligi  sababli

                  minerallar orasida polimorfizm ancha keng tarqalgan. Bunga yorqin misol  bo‘lib

                  uglerodning polimorf modifikastiyalari - olmos va grafit sanaladi.

                           Olmos  odatda  yuqori  bosim  sharoitlarida  vujudga  keladi  va  mustahkam

                  kubik  panjaraga  ega  bo‘ladi;  past  haroratlarda  esa  uglerod  qatlamli  geksagonal

                  panjaraga ega grafit holida kristallanadi. Shu tufayli bir tarkibga ega bo‘lgan bu ikki

                  mineral mutlaqo boshqa xossalarga ega.

                           Bunga boshqa misol qilib FeS 2 ning - pirit (kubik) va markazit (rombik);

                  SaSO 3 - kalstit (trigonal) va aragonit (rombik) va b. polimorf modifikastiyalarini

                  ko‘rsatish mumkin.

                           Minerallarning  kristallarini  hosil  qiluvchi  strukturaviy  birliklar  muayyan

                  sharoitlarda kristal kimyoviy xossalari bo‘yicha (o‘lchamlari, zaryadlari, kimyoviy

                  bog‘lanish  holati,  koordinastiyasi)  ularga  yaqin  bo‘lgan  boshqalari  bilan  o‘rin

                  almashishi  mumkin.  Bu  hodisa  izomorfizm  (yunoncha  «izos»  -  teng,  «morfe»  -

                  shakl) deb ataladi.

                           Izomorfizm  deganda  minerallarning  kristall  panjaralarida  atomlar,  ionlar

                  yoki  ularning  boshqa  gruhlari  tuzilishi  o‘zgarmasdan  turib  o‘zaro  o‘rin  olish
   26   27   28   29   30   31   32   33   34   35   36