Page 32 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 32

hodisasi  tushuniladi.  Bunda  hosil  bo‘luvchi  moddalar  o‘zgaruvchi  tarkibga  ega

                  bo‘ladi va izomorf aralashma yoki qattiq eritma deyiladi.

                           Qattiq minerallar yaqqol kristall holatdan tashqari faqat rentgen strukturaviy

                  tadqiqotlarda  ko‘rish  mumkin  bo‘lgan  yashirin  kristalli  tuzilishga  ega  bo‘lishi

                  mumkin. Bunday minerallar odatda tabiiy kolloidlarning degidratastiyasi va qayta

                  kristallanishi tufayli vujudga keladi. Ularga limonit, xalstedon, opal, kaolinit misol


                  bo‘la oladi.
                           Amorf  minerallar,  ya’ni  tartibli  ichki  tuzilishga  ega  bo‘lmaganlari  ancha


                  siyrak uchraydi va ularga ba’zi kvarst shishalari kiradi.
                           Minerallarning  morfologik  xususiyatlari.  Tabiatda  qattiq  minerallar


                  asosan notog‘ri shakllardagi donalar holida tarqalgan bo‘lib, shakli va o‘lchamiga
                  bog‘liq bo‘lmasdan ichki kristall tuzilishga ega bo‘ladi. Tabiiy tomonlari juda yaxshi


                  shakllangan kristallar juda kam uchraydi.

                           Kristallarning  ko‘rinishi.  Minerallar  izometrik  shaklda,   bir  vaikki

                  yo‘nalishda cho‘zilgan bo‘lishi mumkin.

                           Kristallarning qo‘sholoqlari. Qo‘sholoq deb muayyan bir mineralning ikki

                  kristalli  birga  o‘sganligiga  aytiladi.  Qo‘sholoq  eritmada  vujudga  kelgan

                  kristallchalarning  o‘sishi  vaqtida  bir-biriga  tutashishi  va  mexanik  ta’siri  hamda

                  kristall moddalarning polimorf o‘zgarishi tufayli kelib chiqadi.

                           Minerallarning optik xossalari. Minerallarning shaffofligi- bu ularning nur

                  yo‘nalishini  o‘zgartirmasdan  turib  o‘zidan  yorug‘lik  o‘tkazish  xususiyatidir.

                  Shaffoflik  mineralning  kristall  strukturasi,  rangining  yorqinligi,  mayda  dispers

                  qattiq va gaz-suyuq qo‘shimchalarning mavjudligi, ularning tuzilishi, tarkibi va hosil

                  bo‘lish sharoitlari xususiyatlari bilan bog‘liq. Minerallar shaffoflik darajasi bo‘yicha

                  shaffof, yarim shaffof, chetlari oqaruvchi, noshaffof turlarga bo‘linadi.

                           Minerallarning rangi eng avvalambor beixtiyor inson diqqatini o‘ziga jalb

                  qiladi va shuning uchun ham muhim belgilaridan biri sanaladi.

                           Yorug‘likning  butun  ko‘rinuvchi  spekto‘ri  bir  tekis  yutilganda  vujudga

                  keladi. Axromatik ranglarga misol qilib rangsiz tog‘ xrustali, sutsimon-oq kvarst,

                  kulrang osh tuzi va qora pirolyuzitni ko‘rsatsa bo‘ladi.
   27   28   29   30   31   32   33   34   35   36   37