Page 26 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 26
tarkibi emas, ba’zan kimyoviy tarkibi va shuningdek struktura va temperaturasi xam
o‘zgaradi. Metamorfik jinslar bilan ularni xosil qilgan jinslar orasida har-xil orelik
jinslar bor.
Temperaturaning oshishiga quyidagilar sabab bo‘ladi:
1. Yer qobig‘ining ostidan ko‘tariladigan erigan magma.
2. Magma o‘chog‘idan ko‘tariladigan yuqori temperaturadagi eritmalar va
uchuvchan komponentlar.
Yer tagidan chiqadigan yuqori temperatura.
Metamorfizm geologik sharoitlarga qarab:
- kontakt metamorfizm magmaning atrof yondosh cho‘kindi jinslar ichiga
yoriqlar orqali kirishi xamda issiq xarorati, undan chiqadigan turli gazlar, bug‘lar
ta’sirida; - regional metamorfizm magmatik chukindi jinslarning tektonik xarakati
natijasida,kuchli bosim va temperatura ta’siri ostida paydo bo‘ladi.
Metamorfik jinslar odatda kristallik strukturaga ega bo‘ladi. Lekin ularning
bunday struktura paydo bo‘lishi va ko‘rinishi jihatidan magmatik jinslarning
kristallik strukturasidan farq qiladi. Ko‘pincha metamorfik jinslarda metamorfizmga
ega bo‘lgan strukturani uchratish mumkin. Bunday strukturalar reik (qoldiq)
strukturasi deyiladi.
Metamorfik jinslar magmatik jinslardan o‘ziga xos teksturasi bilan farq
qiladi.
Bular ichida quyidagi teksturalarni ko‘rish mumkin:
1. Slanselashgan tekstura – cho‘ziq yoki pilaksaga o‘xshagan minerallar,
uzun tomon bir - biriga parallel bo‘lib joylashadi.
2. Tolali tekstura - jinsning ko‘pchilik qismi bir - biriga o‘ralib ketgan tolali
mineraldan tashkil topgan.
3. Yo‘l - yo‘l yoki lentasimon tekstura - jinsda turli mineraldan tashkil
topgan har – xil qalinlikdagi yo‘l - yo‘llar qaytarilib turadi.
4. Massiv tekstura- Otqindi jinslardagi to‘la kristallangan teksturaga
o‘xshash bo‘ladi.
5. Ko‘zli tekstura - jinsda odatda oqish rangli minerallarning oval shakldagi
donalari yoki agregatlari bo‘ladi, ular jinsning qora fonida yaxshi ko‘rinib turadi.