Page 42 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 42
Minerallarning hidi. Oltingugurt, ayniqsa agar uning ikki namunasi bir-
biriga urilsa o‘ziga xos hid chiqaradi. Arsenopirit ajratmalari ishqalanganda
sarimsoq piyoz hidini taratadi.
Nurning ikkilanib sinishi. Nurning ikkilanib sinishi - bu anizotrop kristallar
orqali nur o‘tganda yorug‘lik nurining ikkiga ajralishidir. Bu xossalar bir qator
minerallarga xos, ayniqsa u island shpati deb nomlanuvchi kaltsitning shaffof turida
yaqqol ifodalangan. Agar island shpati orqali qog‘ozdagi matn satri qaralsa, uning
ikkita tasviri yuzaga keladi. Bunda barcha xarflar ikkiga ajralgandek bo‘lib tuyuladi.
Savollar:
1. Minerallarning kimiyoviy klassifikatsiyasini aniqlang.
2. Minerallar deb nimaga aytiladi.
3. Minerallarning fizik xususiyatlarini aniqlang.
4. Minerallarni aniqlashda qanday belgilardan foydalaniladi?
7 – MASHG‘ULOT.
MINERALLARNING DIAGNOSTIK BELGILARINI O‘RGANISH
Ishning maqsadi. Minerallarning asosiy nomlarini aniqlash, ularni kelib chiqishi,
tuzilishi hamda tog‘ jinslarini hosil qiluvchi minerallarini o‘rganish.
Minerallarning diagnostik belgilari
Yaltiroqligi
1. Metal va metalsimon
2. Shishasimon
3. Olmossimon
4. Yog‘li
5. Yaltiroqmas
Qattiqligi
1. Yumshoq (tirnoq bilan chiziladi)
2. O‘rtacha qattiq (tirnoq bilan chizilmaydi, shishani chizmaydi)
3. Qattiq (shishani tirnaydi)
4. Juda qattiq (kvarstni tirnaydi)