Page 49 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 49

Sof tug‘ma elementlar sinfi

                         Bu gurux minerallarining soni 80 dan ortik. Bulardan 30 tasi metallar va ular

                  ba’zan "asl elementlar" xam deyiladi. Mendeleev jadvalining oxirida joilashgan inert

                  gazlari – He,  Ne, Ar, Xe va Rn ham  ushbu guruhga kiradi. Yer po‘stida sof tug‘ma

                  elementlarning umumiy miqdori 0 1% ni tashkil etadi. Bu miqdorning 0,04% ni azot

                  va 0,01-0.02% ni kislorod tashkil etadi. Sof tug‘ma elementlarga platinoid va temir


                  guruhi  minerallari  ham  kiradi.  Mendeleev  jadvalining  o‘ng  qismida  joylashgan
                  margimush, surma va vismut minerallari boshqalariga nisbatan kengroq tarqalgan.


                  Sof  tug‘ma  elementlarning  kristall  strukturasi  juda  xilma-xil.  Atomlari  orasidagi
                  bog‘lanish o‘ta kuchli.


                         Ushbu  guruhga  kiradigan  metallar  elektrni  va  issiqlikni  yaxshi  o‘tkazadi.
                  Yana bir xususiyatlari ularni jilolaganda yuzasi kuchli yaltiraydi va yuqori darajada


                  nur qaytarish xususiyatga ega bo‘ladi. Bu guruhga kirgan platinoidlar oltinlarning

                  solishtirma og‘irligi barcha ma’lum minerallar solishtirma og‘irligidan juda katta.

                  Bu guruhga kiruvchi metallarning yana bir xususiyati - ularning pachaqlanuvchiligi

                  va egiluvchanligidir

                           Oltin guruxi minerallari

                            Mis - Cu. U kimyoviy jixatdan sof xolda bo‘ladi, ba’zan tarkibida aralashma

                  holda - Ag. Vu va Fe uchraydi. Mis-tog‘ jinslarining darzlik va yoriqlarida ko‘pincha

                  noto‘g‘ri shaklda dendritlar ba’zan plastinkachalar holida bo‘ladi. Ba’zi konlarda

                  yirik, og‘irligi bir necha tonnaga teng bo‘lgan uyumlari (Amerikaning «Yuqori ko‘l»

                  viloyatida)  topilgan.  Sof  holdagi  misning  og‘irligi  1000  tonna  atrofida  bo‘lagi

                  Rossiyaning Ekaterinburg viloyatidagi Gumejevskiy konida topilgan.





















                  19-rasm. Misning kristall strukturalari            20-rasm. Mis.
   44   45   46   47   48   49   50   51   52   53   54