Page 51 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 51
yuzaga kelgan. Oltin kvars tomirlarida va ba’zan shtokverk shakllarida sulfid
minerallari, telluridlar, sheslitlar bilan birga uchraydi.
Oltin konlari oltin - sulfid minerallarida o‘simta ravishda va kvars tomirlarida
yuzaga keladi.
Gidrotermal jarayonlarda yuzaga kelgan sulfid-oltinli konlarning oksidlanish
zonasida limonit, azurit, ko‘rgoshin, vismut, surma oxralari bilan birga
assotsiatsiyada qayta yuzaga kelgan mahsulot sifatida uchraydi. Oltin asosan pul va
valyuta sifatida hamda bezak ishlarida, zebu-ziynat buyumlarini tayyorlashda,
meditsinada, fizik va kimyoviy asboblar tayyorlashda va boshka ko‘plab
maqsadlarda qo‘llaniladi.
Elektrum - (Au, Ag). Singoniyasi— kubikdir. Mineralning bu turi tarkibiga
ko‘ra Au-Ag izomorf qatori orasidan joy oladi. Uning tarkibida kumush 15 foizdan
ortikroq bo‘lib, odatda 30, ba’zan 40, hattoki 50 foizgacha bo‘ladi. Juda kam
miqdorda Ci, Fe va boshka metallar ishtirok etadi. U fizik va kimyoviy
xususiyatlariga ko‘ra oltin bilan kumush oralig‘ida buladi. Elektrum rangi och sariq,
shuningdek kumushdek — ok ham bo‘ladi. U metalldek yaltiraydi. Uning nur
kaytarish kobiliyati juda yuqoridir. Elektrum qattikligi 2-3. Elektrum eziluvchan va
cho‘ziluvchandir. Ulanish tekisligi yo‘q. Uning solishtirma ogirligi 12-15.
Elektrum sof tug‘ma oltin va kumushga qaraganda ham kamroq, faqat
gidrotermal konlardagina topiladi. Elektrumning tarkibida kumush bo‘lgan sulfidlar
(argenit, aynama rudalar, prustit, pirargirit va boshqa minerallar) bilan bir
paragenezisda topilishi xarakterlidir. Oksidlanish zonasida elektrum tarkibida
kumush ko‘proq bo‘lganligi sababli oltinga qaraganda osonrok o‘zgaradi, yuzasi
kumushning galoid va oltingugurtli birikmalardan iborat bo‘lgan parda bilan
qoplanadi. Bu esa kimyoviy qaytarish xususiyatiga ega bo‘lgan sharoitlarda yupqa
sof tug‘ma kumush pardaga aylanadi. Elektrum Ural va Oltoyning bir qancha
joylarida topilgan.
Sof tugma platina guruhiga mansub minerallar xilma-xil bo‘lib, ular platina,
iridiy, osmiy, palladiy, rodiy va boshqalardir. Platina guruhi minerallari orasida
poliksen va palladiyli platinalar er po‘stida keng tarkalgan.