Page 54 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 54

Singoniyasi  -  trigonaldir,  kristallari  ayniqsa  taraqqiy  etganlari  juda  kam

                  uchraydi.  Ko‘pincha  xol-xol  donalar  ba’zan  yirik,  bargsimon  yoki  donador

                  agregatlar  bo‘lib  topiladi.  SHuningdek  patsimon  dendritlar  shakldagisi  xam

                  uchraydi.

                         Vismutning rangi yangi singan joylarida kumushdek oq bo‘lib sarg‘ish

                  tovlanadi; vaqt o‘tishi bilan rangi aynab o‘ziga xos qizg‘ish tusga kiradi. CHizigi


                  kul rang. U metall kabi o‘tkir yaltiraydi.
                         Dahandam alangasida oson eriydi, uzoq vaqt qizdirganda ko‘mir ustida gard


                  qoldirib,  bug‘ga  aylanib  ketadi.  Gardi  avval  oq,  keyinchalik  sarg‘ish-qizil,
                  soviganda esa limon-sariq ranga kiradi. KJ va S bilan qo‘shib qizdirganda, ko‘mir


                  ustida o‘ziga xos och qizil gard BiJ 3 (Vi aniqlanadigan reaksiya) hosil qiladi, HNO 3
                  da oson eriydi, eritma suyultirilgandan keyin oq cho‘kma cho‘kadi.


                         Tabiatda  uchraydigan  hamma  vismutning  hosil  bo‘lishi  gidrotermal

                  mahsulotlar bilan bog‘liqdir.

                         Ayrim hollarda u genetik jihatdan yuqori haroratli mahsulotlar bilan bog‘liq

                  bo‘lib,  kamdan-kam  pegmatitlarda,  ko‘proq  qalayi-volfram  konlarida  arsenopirit

                  (FeAsS),vismutin (Bi 2S 2), volframit (FeWO 4), molibdenit (MoS 2), kassiterit (SnO 3),

                  topasz berill, turmalin kabi minerallar bilan bir assotsiatsiyada topiladi.

                         Boshqa  hollarda  sof  tug‘ma  vismut  nikel,  kobaltlarning  margitmushli

                  birikmalari,  uran  minerallari,  kumush,  qo‘rg‘oshin,  ruh  va  boshqa  metallarning

                  oltingugurtli birikmalari bilan yaqindan bog‘liq bo‘ladi.



















                                                          Vismut – Bi
   49   50   51   52   53   54   55   56   57   58   59