Page 56 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 56
U dahandam alangasida erimaydi. Selitra bilan qo‘shib qizdirganda o‘tkir
yoqimsiz isli osmiyli angidrid bug‘lari undan ajralib chikadi. Bu qotishmani suvda
eritganda keyin qora rangli kukun bo‘lib chikadi. Nevyanskit kislotaga o‘ta
chidamlidir.
Bu gruppa minerallari genetik jihatdan asosan o‘ta asos intruziv jinslar
(dunitlar va peridotitlar) bilan bog‘liqdir. Bunda ular platina gruppasi minerallari
xromli shpinelidlar, ba’zan mis sulfidlari bilan bir assotsiatsiyada topiladi, ya’ni shu
jinslarning uzginasida topiladi va unga boshqa ruda mineallar yo‘ldosh bo‘lmaydi.
Gidrotermal oltinli kvars tomirlarida topilganligini ham ko‘rsatish mumkin.
Nevyaskitning oltin bilan birga o‘sishganlari ham uchraydi. Nurash va konlarning
yuvilishi natijasida nevyanskit o‘zining kimyoviy turg‘unligiga ko‘ra platina
minerallari va oltin bilan sochilma konlar hosil qiladi.
Osmiyli iridiy ochilib qolgan o‘taasos intruziv jins massivlari bilan bog‘liq
bo‘lgan sochilma konlardan topiladi.
Osmiyli iridiyning eng yirik kristallari (diametri 1 mm dan kam bo‘lmagani
xolda), ya’ni kimyoviy kayta ishlanmasdan maxsus asboblar tayyorlashda ishlatiladi
(bu maqsad uchun donalari kattaligi 55 mm dan ortiq bo‘lmasligi kerak, plastinkacha
emas dumalokroq shakldagisi yaxshiroq bo‘ladi). Mayda donalari doimiy
perolarning uchlari va xirurgiya asboblarining kesadigan qismlarida va boshqa
joylarda ko‘llaniladi.
Sisertskit - (Os, Ir). Topilgan joyiga, ya’ni Uralning Sisertsk tumaniga
(Sverdlovsk yaqinida) qarab mineralga nom berilgan.
Kimyoviy tarkibi: sisertskit tarkibida iridiyga qaraganda osmiy ko‘pdir. Ko‘pincha
anchagina miqdorda osmiy bilan o‘rin almashgan Ru ishtirok etadi.
Singoniyasi - geksagonaldir, sisertskitning simmetriya ko‘rinishi
digeksagonal dipiramidal bo‘ladi. Sisertskit olti burchakli plastinkachalar
ko‘rinishidagi kristallar, qirralari edirilgan bo‘laklar, plastinkachalar (platinali
sochilmalarni yuvganda) bo‘lib topilgan. Uning kristallari alohida tekshirilgan emas.
Sisertskitning rangi och kul rang, ba’zan to‘q kul rang ham buladi. Metall kabi
yaltiraydi, xira. Qattikligi 6 ga yaqin. Sisertskit - mo‘rtdir. Uning ulanish tekisligi