Page 59 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 59
1-jadval
Dunyodagi yirik olmos kristallari haqida ma’lumotlar (V.A.Milashev bo‘yicha)
Yirik olmos nomi Og‘irligi (karat hisobida) Topilgan joyi va yili
Kullian 3106 Janubiy Afrika, 1905
Eksselsior 971.5 Janubiy Afrika, 1903
Serra Leone yuldudi 968.9 G‘arbiy Afrika, 1972
Buyuk Mogol 787 Hindiston, XVII
Prezident Vargas 726.6 Brazilya, 1938asr
Nizomii 440 Hindiston, 1935
Viktoriya 428.5 Janubiy Afrika, 1880
Toj Maxal 146 Hindiston, XVII asr
SHox Akbar 119 Hindiston, 1918
Olmosning rangi, shaffofligi turlicha: rangsiz, shaffof, ok, havorang, yashil,
sarg‘ish, jigarrang, qizg‘ish, to‘q kulrang, ba’zan qora. Olmosning ichki tuzilishi
uning hosil bo‘lish sharoiti haqida qo‘shimcha ma’lumot beradi. Masalan, yuqori
haroratda yuzaga kelgan olmos - oktaedr qiyofasida, rangsiz bo‘ladi. Haroratning
asta-sekin pasayishi natijasida uning shakli rombododekaedrdan kub shakliga qarab
o‘zgaradi va rangi kuyuklashib kora buladi. Olmosning qattikligi 10. Mutlaq
qattiqligi kvars qattikligidan ming marta, korund qattiqligidan 150 marta ortiq.
Olmos mo‘rt bo‘lib ulanish tekisligi bo‘yicha o‘rtacha mukammal. Solishtirma
og‘irligi — 3,4-3.5, kuchsiz elektr o‘tkazuvchan. Tabiatda olmosning o‘ta sifatli,
chiroyli xillari bilan birga yomon xillari uchraydi: 1) Bort - shaklsiz, darzliklardan
tashkil topgan, mayda qo‘shimtalarga boy; 2) Ballas zarrali turi; 3) Karbonado —
zich kristalli, qora rangli, ba’zan mayin, g‘ovak donali agregatlardan iborat.
1953 yili shved mutaxassislari birinchi marta sun’iy olmosni laboratoriyada 3270°S
li haroratda va 10 KB bosimda olishga muvaffak bo‘lishgan.
Grafit- S. Nomi grekcha "grafo" — yozaman so‘zidan olingandir. Grafit
xillari: grafitit - yashirin kristallangan xili, shungit - amorf xili, aftidan ko‘mirni
tabiiy kokslanishi natijasida hosil bo‘lsa kerak.
Grafit kamdan-kam toza bo‘ladi. Ko‘pincha uning tarkibida har xil
komponentlardan (SiOz, Al-03, FeO, Mg0, CaO, P,05, CuO va boshkalar) ba’zan