Page 65 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 65
Olinadigan ruxning qariyb yarmi polimetall konlardan olinib, ushbu konlarda
sfaleritning miqdori galenitnikidan yuqori bo‘ladi. Sfalerit rux olish uchun asosiy
manba, ammo qo‘shimcha ravishda kadmiy va galliy elementlari ajratib olinadi.
Kinovar HgS. Homi Hindistondan kelib chiqqan deb taxmin qilinadi, ularda
qizil smola, kinovar - ajdarho kqoni deyiladi. Tarkibida Hg - 86,2%, S - 13,8%.
Singoniyasi — trigonal, uning qalin tabletkasimon va romboedr kristallari uchraydi.
Rangi qizil, ba’zan ko‘rg‘oshindek kulrang bo‘lib tovlanadi. U kuchli yarim metall
kabi yaltiraydi. Uning qattikligi - 2- 2,5, mo‘rt mineral. Ulanish tekisligi ba’zi
yo‘nalishi bo‘yicha mukammal, solishtirma og‘irligi 8, u elektrni yomon utkazadi.
Kinovar past haroratli gidrotermal (teletermal) jarayonda yuzaga keladi. Ba’zan
vulkan jinslarida hosil bo‘ladi. Kinovar simob olinadigan birdan-bir manbaa
xisoblanadi. Simob oltinni amalgamalashda, kimyoviy tayyorlashda, fizik
asboblarda va portlovchi simob Hg(CNO) detonatorlar uchun portlovchi modda
tayyorlashda ishlatiladi.
Kinovar HgS.
Realgar - AsS. Tarkibida As — 70% va S - 29,2% bo‘ladi. Nomi arab
so‘zidan olingan. Realgar — «shaxta changi» ma’nosini anglatadi. U monoklin
singoniyali. Kristall tuzilishi prizmatik xolda uchraydi. Odatda prizmaning
cho‘zinchok o‘qi bo‘yicha chiziqchalar bilan qoplanadi, ba’zan donador agregatlar,
ba’zan gard, po‘st va tuproqsimon massalar hosil qiladi. Realgarning rangi sargish-
qizil, ba’zan tuq qizil. U yarim shaffof olmosdek yaltiraydi. Realgarning qattikligi
1,5-2, ulanish tekisligi mukammal, solishtirma og‘irligi 3,4-3,6. Realgar vaqt o‘tishi
bilan sanrii qizil kukunga aylanadi. Elektr toki utkazmaidi. Tabiatda realgar har
doim auripigment bilan birga uchraydi.