Page 234 - “O‘ZBEKISTON – 2030 STRATEGIYASI: AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR TAHLILI, MUAMMOLAR VA YECHIMLAR”
P. 234
Аmerika Qо‘shma Shtatlarining “Kemp MakKeyn” bazasida Mississipi milliy
gvardiyasi tomonidan о‘tkazilgan qо‘shma mashg‘ulotlarda о‘zbekistonlik
askarlarning ishtiroki alohida eʼtiborga loyiq. Qо‘shma mashg‘ulotlar ikki mamlakat
harbiylari о‘rtasida 2019-yil boshidan beri о‘tkazilgan bir qator treninglar,
uchrashuvlar va muzokaralar doirasida tashkil etilgan (2-rasm).
2-rasm . “Unipath” jurnali. 2021-yil 2-son.
3
Fotosuratda qanday jarayon aks ettirilgani haqida “О‘zbek maxsus operatsiya
kuchlari zobiti о‘z missiyasini АQShlik hamkasbi bilan ado etmoqda”, deya yuqori
chap burchagida izoh berilgan. Eʼtiborlisi, suratdagi zobitning yuzi mozaika bilan
bekitilgan. Bu bilan mazkur harbiy nashr maxsus operatsiya kuchlari zobiti
rekvizitlarini ommaga oshkor etmaslik yuzasidan xalqaro talablarga qatʼiy rioya
qilgan.
Bundan tashqari, “Unipath” jurnalida chiqqan “Stability through cooperation”
(“Hamkorlik orqali barqarorlik”) sarlavhali maqolada О‘zbekiston armiyasi haqida
alohida о‘rin ajratilgan . Unda АQSh markaziy qо‘mondonligi tomonidan Montana
4
shtatidagi “Fort Harrison” poligonida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, О‘zbekiston,
Mо‘g‘uliston, Pokiston va Аmerika qо‘shinlari ishtirokida о‘tkazilgan “Hududiy
hamkorlik – 2021” о‘quv mashg‘ulotlari haqida sо‘z boradi. Maqolada muallifning
quyidagi talqini dastlabki qismida asli notо‘g‘ri munosabat beriladi: “Haqiqiy dunyoda
konstitutsiyaviy jihatdan kо‘pmillatli tinchlikparvar kuchlarga qо‘shilish imkoniyati
cheklangan о‘zbek qо‘shinlari mashg‘ulotlarda barqarorlik missiyasining umumiy
maqsadlariga sodiq qolgan mustaqil pozitsiyasini saqlab qoldi”. Bunday mulohaza
о‘quvchida mamlakatimiz haqida salbiy taassurot qoldiradi.
О‘zbekiston armiyasi haqida integrativ mediamakondagi imijini yaxshilash
uchun ommaviy axborot vositalarida va ijtimoiy tarmoqlarda xolis axborotlarning о‘z
vaqtida berib borilishini taʼminlash yolg‘on va destruktiv maʼlumotlar tarqalishining
oldini oladi. Mazkur yо‘nalishdagi kam sonli materiallardan biri 2021-yili о‘zbek
askarlari АQShda о‘tgan musobaqa sovrindorlari bо‘lishgani haqida «Facebook»
tarmog‘ida berilgan axborotdir. Unda О‘zbekiston Qurolli Kuchlari maxsus
3 John Alderman. Uzbeks pursue military cooperation // Unipath, Volume 11, 2021. – P. 11. https://unipath-magazine.com/en-
v11n2_2022/ 231
4 Michael Touchette. Stability through cooperation // Unipath, Volume 11, 2021. – P. 33. https://unipath-magazine.com/en-
v11n2_2022/
III SHO‘BA:
Yoshlar siyosati, ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyot va madaniy merosni rivojlantirish
https://www.asr-conference.com

