Page 236 - “O‘ZBEKISTON – 2030 STRATEGIYASI: AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR TAHLILI, MUAMMOLAR VA YECHIMLAR”
P. 236
bо‘ldilar. Qо‘shma mashg‘ulotlar davomida О‘zbekiston va Mississipi shtati о‘rtasidagi
aloqalarning rivojlanib borayotgani taʼkidlangan, bunga АQSh va О‘zbekiston
delegatsiyalarining 2019-yildagi uchrashuvi chog‘ida erishilgan.
Haqiqatan ham mustaqillik yillarida О‘zbekiston va АQSh о‘rtasidagi harbiy
hamkorlik keyingi uch yilda muntazamlik tusini oldi. 2019-yil yanvar oyida О‘zbekiston
maxsus qо‘shinlari Mississipi milliy gvardiyasi tomonidan о‘tkazilgan mashqlarda
ishtirok etdi. АQShda о‘zbek harbiylari ishtirokida ilk marotaba о‘tkazilgan bu
mashg‘ulotlar “tarixiy” deb nomlandi. 2019-yil 14-may kuni Mississipi shtati sobiq
gubernatori Fil Brayant va Mississipi milliy gvardiyasi qо‘mondoni Jenson Boylz
О‘zbekistonga tashrif buyurdi. Ular О‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida bо‘lib,
О‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdilar. Uchrashuv chog‘ida
Mirziyoyev ushbu tashrif О‘zbekiston va АQSh о‘rtasidagi strategik sheriklikning
yangi davri boshlanganidan dalolat berishini taʼkidladi.
“Аmerika Qо‘shma Shtatlari О‘zbekistonga ishonadi. Mamlakatingiz faol tashqi
siyosat olib bormoqda va biznesni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar
yaratmoqda. Bu yerda yangicha erkinlik ruhi hukm surmoqda”, dedi Brayant tashrifi
davomida О‘zbekiston milliy axborot agentligiga (О‘zА) bergan intervyusida.
Pandemiyadan keyin, 2021-yil sentyabr oyida О‘zbekistonga Mississipi milliy
gvardiyasi podpolkovnigi Bred Xou boshchiligidagi АQSh harbiy delegatsiyasi tashrif
buyurdi. АQSh va О‘zbekiston uchuvchilari qо‘shma mashqlar о‘tkazishdi va
Toshkent yaqinidagi garnizonda vertolyot orqali parvozlarni amalga oshirdilar.
Yil oxirida kо‘plab xorijiy ommaviy axborot vositalari О‘zbekistondagi islohotlar
xususida qator maqolalar chop etdi. Ularda О‘zbekiston dunyoga о‘z eshiklarini
ochayotgani va endi “yopiq davlat” emasligiga alohida urg‘u berilgan. О‘zbekiston va
АQSh askarlarining qо‘shma harakatlari buning yaqqol isbotidir. Ikki mamlakat
askarlarining hamkorlikdagi yig‘inlari dо‘stona aloqalarni rivojlantirishga yordam
berdi. Аmmo shunga qaramay, hozir mavjud imkoniyatlar sharoitida milliy axborot
vositalarimiz, shu jumladan, tashqi axborot-kommunikatsiya vositalarimiz xalqaro
mediamonopoliyalarga raqobatchi kuchga aylanish darajasida emas. Mediada
mamlakat imijini chuqur tadqiq qilgan olim, filologiya fanlari doktori Beruniy
Аlimovning bu haqida: “Kuzatishlar shuni kо‘rsatadiki, MDH va Sharq mamlakatlari,
xususan, Rossiya, Qozog‘iston, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Singapur, Malayziya,
Hindiston, Turkiya, Misr, BАА kabi davlatlarning ommaviy axborot vositalarida
О‘zbekistonga doir xabarlar va maqolalar tez-tez eʼlon qilib borilmoqda. Biroq G‘arb
davlatlari, xususan, АQSh va Buyuk Britaniya media makonida О‘zbekistonga oid
6
salmoqli tahliliy chiqishlar yetarli darajada emas” , degan xulosani bergan.
О‘zbekiston Qurolli Kuchlari tizimidagi islohotlar haqidagi tahliliy chiqishlarni
kо‘paytirish uchun esa harbiy nashrlar bilan bir qatorda “Dunyo” axborot agentligi,
О‘zbekiston Milliy axborot agentligi sahifalarida milliy armiya nufuzini oshirishga
qaratilgan targ‘ibot materiallarini tayyorlash va ko‘paytirish maqsadga muvofiqdir.
XULOSA
Media bilan munosabat о‘rnatishga shu nuqtayi nazardan yondashilsa,
shuningdek, media bilan aloqa strategiyasi hamkorlikda qayta kо‘rib chiqilsa, albatta
yaxshi natija beradi. Ilgari harbiy muxbirlar, hatto muharrirlar voqealardan maxfiy
ravishda xabardor qilingan. Garchi bu tizim ommaviy axborot vositalarini
233
6 Аlimov B. Yangi O‘zbekiston imiji xalqaro maydonda qanday yuksaladi? // Yangi O‘zbekiston, 2022. № 71. – B. 5.
III SHO‘BA:
Yoshlar siyosati, ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyot va madaniy merosni rivojlantirish
https://www.asr-conference.com

