Page 235 - “O‘ZBEKISTON – 2030 STRATEGIYASI: AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR TAHLILI, MUAMMOLAR VA YECHIMLAR”
P. 235

operatsiyalar  batalyonining  ikki  serjanti  “MakKeyn”  bazasida  о‘tgan  “Eng  yaxshi
            jangchi”  musobaqasida  ishtirok  etib,  vataniga  sovrin  bilan  qaytgani  haqida  xabar
            berilgan. Katta serjant Sardor Mamarasulov “Eng yaxshi xorijlik kichik qо‘mondon”,
            kichik serjant Muhriddin Ochilov esa “Eng yaxshi xorijlik askar” mukofotiga sazovor
            bо‘ldi, deyiladi Mississipi milliy gvardiyasining “Facebook” sahifasida . Ushbu xabarga
                                                                                            5
            2021-yil 6-dekabr kuni musobaqa doirasida О‘zbekiston mudofaa vazirligi tomonidan
            Florida shtatining Tampa shahridagi АQSh harbiy havo kuchlari bazasida namoyish
            qilingan о‘zbek milliy taomlari kо‘rgazmasidan suratlar ilova qilingan. Ushbu tadbir
            yuzasidan  О‘zbekiston  Mudofaa  vazirligi  axboroti  mudofaa.uz  saytida  yoritilgan:
            “Musobaqa doirasida О‘zbekiston vakillari Tampa (Florida) shahridagi АQSh harbiy-
            havo kuchlari bazasida har yili о‘tkaziladigan “Xalqaro kecha” tadbirida ishtirok etdilar.
            О‘zbek harbiylari tashrifchilar uchun milliy taomlar hozirlab, о‘z milliy liboslari, urf-
            odat va anʼanalarini namoyish etdilar. “Ushbu tadbir tomonlarning butun dunyoda
            xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlash yо‘lida birgalikda ishlash va hamkorlik qilishga
            bо‘lgan qatʼiyatini yana bir karra tasdiqladi”.
                   Oradan  bir  yil  о‘tib,  yaʼni  “Eng  yaxshi  jangchi”  musobaqasining  2022-yilda
            о‘tkazilgan  sinovlari  haqida  esa  markaziy  qо‘mondonlik  jurnali  endi  “АQSh
            о‘zbekistonlik ishtirokchilarni olqishlaydi” sarlavhali maqola orqali xolis axborot eʼlon
            qildi. “Musobaqa davomida о‘zbekistonlik va amerikalik askarlar birgalikda murakkab
            sinovlardan о‘tdilar. Tadbirning ilk kuni tо‘siqlardan о‘tish mashqlari bilan boshlandi.
            Musobaqaning  ikkinchi  kuni  jismoniy  mashqlar  ishtirokchilarning  kuchlarini
            sinovdan  о‘tkazdi.  Shu  bilan  birga,  askarlar  zobitlardan  iborat  kuzatuvchilar  oldida
            harbiy-nazariy imtihondan о‘tdilar.
                   Musobaqaning  uchinchi  kuni  eng  og‘iri  bо‘ldi.  Ishtirokchilar  kunni  12  mil
            masofali yurish marshi bilan boshladilar, undan sо‘ng АQSh armiyasining о‘q otish
            mahorati  bо‘yicha  mashqlari  о‘tkazildi.  Bunda  “askarlar  nishonga  qarab
            harakatlanish,  birinchi  yordam  kо‘rsatish  va  nishonga  turli  qurollar  bilan  о‘q  otish
            bо‘yicha  real  mashqlarni  bajarishdi.  Yakunda  amerikaliklardan  serjant  Mitchell
            Skofild va katta uchuvchi Bo Uilcher mukofotga loyiq deb topildi. Ular ham xuddi
            о‘zbekistonlik  safdoshlari  kabi  sovrin  olishdi”,  deyiladi  markaziy  qо‘mondonlik
            jurnalida.
                   Ushbu axborot Mississipi milliy gvardiyasining “Facebook” sahifasida ham eʼlon
            qilingach,  amerikalik  tarmoq  foydalanuvchilari  ushbu  platformada  о‘zbek
            askarlarining  musobaqadagi  ishtirokini  olqishlab,  о‘zlarining  iliq  munosabatlarini
            yozib  qoldirgan:  “Juda  zо‘r!  Shtatimiz  hamkorlik  dasturi  ishtirokchisi  bо‘lgan
            О‘zbekiston bilan munosabatlarimizdagi faol yutuqlarni kо‘rishdan mamnunman”,
            deb yozgan “Facebook” foydalanuvchisi Brendon Teddi Tedford.
                   “О‘zbekistonlik  musobaqa  ishtirokchilardan  faxrlanaman!  Ular  misli
            kо‘rilmagan  ishni  amalga  oshirdilar!!!”,  deb  yozgan  tarmoqning  yana  bir
            foydalanuvchisi Аmanda Dillon Uilleret.
                   “Bu muvaffaqiyat О‘zbekiston Qurolli Kuchlarining professional tayyorgarlikka
            ega, chiniqqan, jismoniy holati aʼlo va va istalgan vaziyatda musobaqalasha olishini
            yana  bir  karra  isbotlaydi”,  deyiladi  mudofaa.uz  rasmiy  veb-saytida  eʼlon  qilingan
            О‘zbekiston Mudofaa vazirligi axborotida. Vazirlikka kо‘ra, taqdirlangan ikki serjant
            Mamarasulov va Ochilov АQSh harbiy qurollari, jumladan, Beretta tо‘pponchasi, M-4
            avtomati  va  M-19  pulemyotini  qismlarga  ajratib,  qaytadan  yig‘ishga  muvaffaq


                                                                                                                232
            5  https://www.facebook.com/nationalguardMS. Date of seen: 1.11.2025.


                                                                                                          III SHO‘BA:

                                                              Yoshlar siyosati, ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyot va madaniy merosni rivojlantirish

                                                                                         https://www.asr-conference.com
   230   231   232   233   234   235   236   237   238   239   240