Page 434 - RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
P. 434

“RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA

                                           PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH
                                                           ISTIQBOLLARI”


            MAKTAB VA OʻSMIRLAR MUHITIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR TAʼSIRI
                                        VA KIBERBULLING MUAMMOSI

            Muallif: Gʻaffоrova Madiхa Ixtiyor qizi
                                                        1
            Affiliyatsiya: Xalqaro Nordik universiteti oʻqituvchisi
                                                                      1
            DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17349783


            ANNOTATSIYA

            Ushbu  maqolada  maktab  va  oʻsmirlar  muhitida  raqamli  texnologiyalarning  taʼsiri  hamda
            kiberbulling muammosi yoritilgan. Oʻsmirlik davrining psixologik xususiyatlari, kiberbulling
            tushunchasi,  uning  shakl  va  xususiyatlari,  taʼsir  mexanizmlari  hamda  oqibatlari  ilmiy
            manbalar  asosida  tahlil  qilingan.  Shuningdek,  A.A.  Bocharev  tasnifi  asosida  kiberbulling
            ishtirokchilari turlari koʻrib chiqilgan. Tadqiqot natijalari kiberbullingning oʻsmirlar orasida
            keng  tarqalganini  va  ularning  ruhiy  salomatligi,  shaxsiy  identiteti  hamda  ijtimoiylashuv
            jarayoniga salbiy taʼsir koʻrsatishini koʻrsatdi.


            Kalit  soʻzlar:  Oʻsmirlik  davri,  bulling,  kiberbulling,  maktab  muhiti,  zoʻravonlik,  raqamli
            texnologiyalar, ijtimoiylashuv, ruhiy salomatlik, pedagogik-psixologik profilaktika.


                  KIRISH
                   Longityud  tadqiqotlar  shuni  koʻrsatadiki,  bolalik  davrida  shakllanadigan
            tajovuzkorlik  keyingi  hayot  davomida  ham  barqaror  xususiyat  sifatida  saqlanib
            qoladi.  Ushbu  izlanishlarda  tajovuzkor  xulqning  darajalari  va  ularga  taʼsir  qiluvchi
            omillar aniqlangan. Ularga oilaviy tarbiyaning oʻziga xos jihatlari, oʻsmirlar ommaviy
            axborot  vositalarida,  televideniye  yoki  kompyuter  oʻyinlarida  kuzatadigan  tajovuz
            namunalari,  hissiy  tanglik  va  frustratsiya  darajasi  kiradi.  Shu  bois,  maktabdagi
            zoʻravonlik  –  bu  oʻquvchilar  orasida  namoyon  boʻladigan  tajovuzkorlikning  shakli
            boʻlib, maqsad jabrlanuvchiga jismoniy zarar yoki psixologik jarohat yetkazishdir.

                  ASOSIY QISM
                   Bulling tushunchasi va tarixiy talqinlar. D.Olveus 1993-yilda bullingga birinchi
            taʼrif  bergan  boʻlib,  uni  “qasddan,  muntazam  ravishda  takrorlanadigan  tajovuzkor
            xatti-harakat,  kuchlar  notekisligi  yoki  ijtimoiy  ustunlikka  asoslangan  zoʻravonlik”
            sifatida izohlagan [8, 115-b]. Skandinaviya olimlari A.Pikas, Ye.Roland va P.P.Xayneman
            esa maktab zoʻravonligini “taʼqib, kamsitish va doimiy bosim” sifatida taʼriflagan [2,
            120-b].  Adabiyotlarda  bu  atama  haqida  ilk  eslatmalar  I.S.Kondada  uchraydi.  Unga
            koʻra,  “bulling  (bully  –  qoʻpol,  bezori,  urishqoq)  —  bu  qoʻrqitish,  jismoniy  yoki
            psixologik tazyiq boʻlib, boshqa shaxsda qoʻrquv uygʻotib, uni oʻziga boʻysundirishga
            qaratilgan” [3, 68-b].
                   Bulling hodisasi qadimdan mavjud boʻlsa-da, uning ilmiy oʻrganilishi nisbatan
            yangi  hisoblanadi.  Masalan,  1997-yilda  AQShda  birinchi  marta  ushbu  muammo
            chuqur tahlil qilina boshlagan. Oʻsha davrda faqat bir nechta shtatda maktabdagi
            zoʻravonlikka  qarshi  rasmiy  meʼyoriy  hujjatlar  ishlab  chiqilgan  edi.  Tadqiqotchilar         432



                                                                                                           II SHO‘BA:

                                         Sun'iy intellekt va insoniy munosabatlar transformatsiyasi: shaxsdagi muvaffaqiyatlar va rivojlanish istiqbollari

                                                                                         https://www.asr-conference.com/
   429   430   431   432   433   434   435   436   437   438   439