Page 436 - RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
P. 436

2019-yilda Moskva maktab oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrov natijalarida
            respondentlarning  71,6  foizi  kiberbullingga  duch  kelganini  aytishgan.  Bu  esa
            tadqiqotchilarni kiberbullingni zamonaviy maktab oʻquvchilarining kundalik hayotiy
            tajribasining bir qismi deb hisoblashga olib keldi [4, 74-b]. Ilmiy adabiyotlarni tahlil
            qilish  kiberbullingning  tez  surʼatlarda  kengayib  borayotganini  koʻrsatadi.  U  yangi
            koʻrinishlar  kasb  etmoqda,  turli  platformalarda  faol  tarqalmoqda  va  salbiy
            oqibatlarga  olib  kelmoqda.  Shuning  uchun  kiberbulling  masalasi  bugungi  kunda
            eng dolzarb muhokama mavzularidan biridir.
                   Bullingning  asosiy  belgilariga  takrorlanish,  maqsadga  yoʻnaltirilganlik,  salbiy
            xarakter  va  kuchlarning  notengligi  kiradi.  Chet  ellik  tadqiqotchilar  kiber  hujumni
            “elektron     muhitda      amalga       oshiriladigan,     jabrlanuvchini      kamsituvchi       va
            obroʻsizlantiruvchi  maʼlumotlarni  tarqatish  bilan  bogʻliq  tajovuz”  sifatida  talqin
            qiladilar [1]. P.K.Smit esa uni “muayyan vaqt davomida shaxs yoki guruh tomonidan
            elektron  vositalardan  foydalanib,  himoyalanib  ulgurmaydigan  jabrlanuvchiga
            nisbatan amalga oshiriladigan qasddan zoʻravonlik” deb taʼriflaydi [7, 43-b].
                   A.I.Cherkasenkoning  fikricha,  kiberbullingning  maqsadi  —  “jabrlanuvchining
            hissiy barqarorligini izdan chiqarish yoki uning ijtimoiy munosabatlarini buzish”dir [1].
            Kiberbulling xususiyatlariga quyidagilar kiradi:
               •  Anonimlik — hujumchi koʻpincha yashirin qoladi;
               •  Qulaylik  —  istalgan  qurilma  orqali  ijtimoiy  tarmoqlar  va  forumlarga  kirish
                   mumkin;
               •  Xarajatning yoʻqligi — koʻplab platformalar bepul.
                   Bugungi kunda turli ilovalar va ijtimoiy tarmoqlarda odamlar anonim ravishda
            kamsituvchi  xabarlarni  yozishi  mumkin.  Natijada  qurbon  keng  auditoriya  oldida
            tahqirlanadi.  A.A.Bocharev  oʻz  tadqiqotida  kiberbulling  bilan  shugʻullanuvchi
            oʻquvchilarni toʻrt guruhga boʻladi:
               1.  Avval bulling qurboni boʻlgan va qasos olishni istovchilar (“Qasos farishtasi”).
               2.  Kuch  va  hokimiyat  orqali  obroʻ  topishni  xohlaydiganlar  (“Hokimiyatga
                   chanqoq”).
               3.  Oʻyin-kulgi sifatida boshqalarni haqorat qiluvchilar (“Koʻngilocharlar”).
                   Taʼqibni anglamagan holda zarar yetkazuvchilar (“Beixtiyor ishtirokchi”). [1, 123-
            b].

                   TADQIQOT VA NATIJALAR
                   Kiberbulling  boʻyicha  mahalliy  va  xorijiy  tadqiqotlar  koʻrib  chiqilishi  bizga
            “jabrlanuvchilar”     va    “tajovuzkorlar”ning       psixologik     xususiyatlarini     quyidagi
            koʻrsatkichlar  asosida  tizimlashtirish  imkonini  berdi:  qurbonlikka  moyillik;
            tomonlarning  muloqot  qobiliyatlari;  dushmanlik  va  agressivlik  darajasi;  ijtimoiy
            maqom  (sotsiometrik  holat);  emotsional-psixologik  xususiyatlar;  nizoli  vaziyatlarda
            oʻzini  tutish  strategiyalari.  Eʼtirof  etish  kerakki,  tadqiqotchilar  koʻproq  kiberbulling
            “qurboni”ni  batafsil  tavsiflab,  guvohlarni  hamda  “hujumchilar”ni  yetarlicha
            yoritmaganlar. Bu holat kiberbulling ishtirokchilarining psixologik tomonlari chuqur
            oʻrganilmaganidan  dalolat  beradi  va  shu  bilan  izlanishimizning  dolzarbligini
            taʼkidlaydi.
                   Kiberbullingni  tashkillashtiruvchilar  va  amalga  oshiruvchilar  jismonan  va
            axloqan kuchli boʻlsalarda, intellektual jihatdan yetuk boʻlmagan bolalar hisoblanadi.
            Ular  shu  yoʻl  bilan  oʻzlarining  aqliy  va  ijtimoiy  ojizligini  yashirishga  urinadilar.      434
            Anʼanaviy  maktab  bezoriligi  davrida  ham  aynan  jismoniy  kuch  ustun  boʻlgan.


                                                                                                           II SHO‘BA:

                                         Sun'iy intellekt va insoniy munosabatlar transformatsiyasi: shaxsdagi muvaffaqiyatlar va rivojlanish istiqbollari

                                                                                         https://www.asr-conference.com/
   431   432   433   434   435   436   437   438   439   440   441