Page 448 - RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
P. 448
“RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA
PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH
ISTIQBOLLARI”
SUNʼIY INTELLEKTNING INSON HAYOTIDA TUTGAN OʻRNI
1
Mualliflar: Jurakulova Dildora Ziyodullayevna
Affiliyatsiya: Xalqaro Nordik universiteti dotsenti, p.f.f.d. (PhD)
1
DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17350359
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada sunʼiy intellekt inson hayotida asosiy oʻrin egallayotganini koʻrishimiz
mumkin. Katta hajmli maʼlumotlarni misollar orqali keltirish, ularni qayta ishlash jarayonida
insonlarga sodda va qulay tarzda yetkazishdan iboratdir. Sunʼiy intellektning afzalliklaridan
biri bunday tizimlar vaqtni tejaydi, navbat kutish yoki qoʻl bilan bajariladigan ishlarga sarf
etiladigan vaqtda insonga boshqa unumli mehnat bilan shugʻullanish, oʻz ustida ishlash
imkonini berishi haqida fikrlar oʻz tasdigʻini topgan.
Kalit soʻzlar: sunʼiy intellekt, MAGATE, ilm-fan,muammo, yutuq, analiz, sintez, murakkab
kashfiyorlar, imitatsiya, raqamli modellar.
KIRISH
Bugungi kunda texnologik taraqqiyot kundan-kunga yangi bosqichlarga
koʻtarilib, inson hayotining barcha jabhalariga chuqur kirib bormoqda. Ayniqsa, sunʼiy
intellekt sohasidagi yutuqlar nafaqat ishlab chiqarish, sogʻliqni saqlash va taʼlim
tizimini, balki eng kichik yoshdagi bolalarning ham hayotini tobora oʻzgartirib
bormoqda.
Sunʼiy intellektning qamrovi tobora kengaymoqda.Baʼzan sohaga oid
yangiliklarni oʻqib, sunʼiy intellekt qoyil qilgan ishlarni fantastik hikoyaga oʻxshatasiz,
aql bovar qilmaydi. Lekin ular bugungi kun haqiqati. Chindan-da sunʼiy intellekt
yetakchilikni qoʻldan boy bermayapti. Sunʼiy aqlning mashinani boshqarish, jarrohlik
amaliyotlarini oʻtkazish, uy yumushlarini bajarishga qodirligi, advokatlik, psixologlik,
bogʻbonlik, oʻqituvchilik kabi ishlarni uddalashi hayratingizni oshirishi tabiiy. Yana
katta afzalliklaridan biri bunday tizimlar vaqtni tejaydi, navbat kutish yoki qoʻl bilan
bajariladigan ishlarga sarf etiladigan vaqtda insonga boshqa unumli mehnat bilan
shugʻullanish, oʻz ustida ishlash imkonini beradi.
METODOLOGIYA
Sunʼiy intellekt odatda inson intellektini talab qiladigan vazifalarni bajara
oladigan kompyuter tizimlari yigʻindisi hisoblanadi. Bu vazifalarga oʻrganish,
mulohaza yuritish, muammoni hal qilish, idrok etish, tilni tushunish va qaror qabul
qilish kiradi. Sunʼiy intellekt murakkab muammolarning yechimini topish va
samaradorlikni oshirish uchun inson aql-idrokiga taqlid qiladi.
16-iyul – Sunʼiy intellekt eʼtirof etilgan kun. Sunʼiy intellektning bir qancha turlari
mavjud. Masalan, tor sunʼiy intellekt – (zaif sunʼiy intellekt deb ham ataladi) muayyan
vazifalarni bajarish uchun moʻljallangan va cheklangan imkoniyatlarga ega. Boshqa
tomondan, umumiy SI – (kuchli SI deb ham ataladi) hali ham faraziy tushuncha 446
II SHO‘BA:
Sun'iy intellekt va insoniy munosabatlar transformatsiyasi: shaxsdagi muvaffaqiyatlar va rivojlanish istiqbollari
https://www.asr-conference.com/

