Page 449 - RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
P. 449

hisoblanadi.  U  inson  kabi  fikrlash  va  oʻrganish  qobiliyatiga  ega,  ongli  va  oʻz-oʻzini
            anglaydigan mashinalarni rivojlantirishni nazarda tutadi.

                   NATIJALAR
                   Birinchi soha – inson salomatligi. Sunʼiy intellekt turli kasalliklarni davolashda
            yordam berishi mumkin. Undan allaqachon saraton xastaligini aniqlash va davolash
            maqsadida  foydalanilmoqda.  Saraton  xastaligini  davolashda  sunʼiy  intellekt
            texnologiyalarini  qoʻllashga  oid  yangi  tajriba  dunyoning  koʻplab  mamlakatlari,
            xususan, Xitoy, Rossiya, Buyuk Britaniya, AQSH va Fransiyada izchil oʻrganilmoqda.
            Yaqinda  MAGATE  bu  sohadagi  muvofiqlashtirilgan  tadqiqotlar  loyihasini  ishga
            tushirdi.
                   Ikkinchi  soha  –  oziq-ovqat  va  qishloq  xoʻjaligi. Sunʼiy  intellektdan  yadro
            texnologiyalari  bilan  uygʻun  holda  foydalanish  oziq-ovqat  tizimidagi  barqarorlikni
            oshirishga  xizmat  qilishi  mumkin.  Bunda  iqlim  oʻzgarishining  nobop  taʼsirlariga
            qarshi  turish,  shuningdek,  oziq-ovqat  xavfsizligi  taʼminlanmagani  bilan  bogʻliq
            muammolarga  yechim  topish  mumkin  boʻladi.  Soha  ekspertlari  sunʼiy  intellektni
            asosan  hosildorlikni  oshirishga  oid  maʼlumotlarni  tayyorlash  va  tahlil  qilish,
            tuproqning  namligini  baholash,  sugʻorish  tizimlarini  yaxshilash,  oziq-ovqat  bilan
            bogʻliq  koʻzboʻyamachiliklarni  aniqlash  hamda  bunday  holatlarning  oldini  olish,
            shuningdek,       radioaktiv     chiqindilar      bilan    zararlangan       yer    maydonlarini
            sogʻlomlashtirish kabi yoʻnalishlarda qoʻllamoqdalar.
                   Uchinchi  soha  –  suv  zaxiralari  va  atrof-muhit. Sunʼiy  intellekt  texnologiyalari
            gidrologik  jarayonning  turli  bosqichlarida  suv  oqimi  yoʻnalishlarini,  ayni  jarayonda
            iqlim  oʻzgarishi  taʼsirida  yuzaga  keladigan  holatlarni  aniqlash  va  nazorat  qilish
            imkonini  beradi.  Bu  boradagi  keng  koʻlamli  maʼlumotlarning  sunʼiy  intellekt
            koʻmagida samarali va amaliy tahlil qilinishi, oʻz navbatida, olimlarga iqlim oʻzgarishi
            va  uning  butun  dunyo  miqyosida  suv  havzalaridan  foydalanishga  koʻrsatadigan
            taʼsiriga oid jarayonlarni yanada aniq bilib olish uchun qoʻl kelmoqda.
                   Toʻrtinchi soha – yadroviy ilm-fan va termoyadroviy sintez tadqiqotlari. Sunʼiy
            intellekt yadroviy ilm-fan sohasida tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Undan
            ayni  sohada  nazariy  modellashtirish  va  sinovlar  oʻtkazish  orqali  texnologik
            innovatsiyalarni ilgari surish va amaliy tadqiqotlarni jadallashtirish, jumladan, yadro
            va atomga aloqador maʼlumotlarni yigʻish va tahlil qilishda foydalanilmoqda.
                   Termoyadroviy  sintez  tadqiqotlari  sohasida  sunʼiy  intellekt  qoʻllanilayotgani,
            ayniqsa,  ulkan  foyda  bermoqda.  Sunʼiy  intellekt  oʻta  koʻlamdor  va  nihoyatda
            murakkab  vazifalarni  ham  hal  etishga  qodirligi  tufayli  ushbu  qaltis  yoʻnalishda
            modellashtirish  va  imitatsiya  yoʻli  bilan  sinovlar  oʻtkazish  evaziga  yangidan  yangi
            ilmiy kashfiyotlarni qoʻlga kiritish imkoniyatlari ortmoqda.
                    Beshinchi soha – yadro energiyasi.   Sunʼiy intellektning tatbiq etilishi hisobiga
            yadro  energiyasi  yoʻnalishida  ham  sezilarli  yutuqlarga  erishilmoqda.  Yadroviy
            uskunalarning  raqamli  modellari  bilan  sunʼiy  intellekt  tizimlarining  oʻzaro
            birlashtirilishi,  bir  tomondan,  yadroviy  sohadagi  murakkab  tartib-taomillarni
            maqbullashtirish  imkonini  bersa,  ikkinchi  tomondan,  yadroviy  reaktorlar  ishining
            samaradorligi oshishi va xavfsizligi yaxshilanishiga xizmat qiladi.
                   Bunday  maqbullashtirish,  oʻz  navbatida,  yadroviy  uskunalardan  foydalanish
            natijadorligini oshirgan holda, ularga texnik xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlar
            miqdorini  kamaytiradi.  Bundan  tashqari,  sunʼiy  intellekt  elektr  stansiyalarining             447




                                                                                                           II SHO‘BA:

                                         Sun'iy intellekt va insoniy munosabatlar transformatsiyasi: shaxsdagi muvaffaqiyatlar va rivojlanish istiqbollari

                                                                                         https://www.asr-conference.com/
   444   445   446   447   448   449   450   451   452   453   454