Page 450 - RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
P. 450
ishlash jarayonlarini nazorat qilishda ularda yuz beradigan nosozliklarni oldindan
aniqlash va tahlil etish borasida bemisl salohiyatga ega.
Oltinchi soha – yadroviy xavfsizlik va radiatsiyadan himoyalanish. Yadro
texnologiyalaridan tinchlik maqsadlarida tobora koʻproq mamlakatlar
foydalanmoqda. Ular tomonidan yadro energetikasini rivojlantirish dasturlari
amaliyotga izchil tatbiq etilayotganini hisobga olib, MAGATE insonlar va atrof-
muhitni zararli darajadagi ehtimoliy nurlanishdan himoya qilish ustida muntazam
ishlamoqda.
Sunʼiy intellektning yadroviy xavfsizlikni taʼminlash va radiatsiyadan
himoyalanish borasida foydali tomonlari koʻp. Masalan, radiatsiyaviy nazorat tizimlari
maʼlumotlarini tahlil etishda undan foydalanilganda, shubhasiz, yadroviy va boshqa
xil radioaktiv moddalarni aniqlash hamda tasniflash ishida ulkan samaradorlikka
erishish mumkin.
Yettinchi soha – yadroviy kafolatlar. Kafolat – tekshirish natijalari bilan bogʻliq
texnik chora, degani. Yadro energiyasidan faqat tinchlik maqsadlarida foydalanuvchi
mamlakatlar bu boradagi huquqiy majburiyatlarini qanday bajarayotganligi
haqidagi ishonchli dalillar MAGATE tomonidan kafolatlar misolida taqdim etiladi.
Ayni vaqtda sunʼiy intellekt ushbu kafolatlar bilan shugʻullanadigan MAGATE nozirlari
va tahlilchilariga tegishli maʼlumotlarni oʻrganish borasida yaqindan yordam
bermoqda.
XULOSA
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ayrim ekspertlar sunʼiy intellekt maʼlum
toifa va buyruqlarga boʻysungan holda ishlaydi, unda ijodkorlik yoʻq, inson aqli esa
bunga qodir, deya fikr bildiradilar. Ammo, gap shundaki, sunʼiy intellekt jalb qilingan
jabhalar har doim ham ijodkorlikni talab qilavermaydi, ularda aniq faktlar bilan
ishlash ustuvorlik kasb etadi. Sanash, saralash, hisoblash kabi yumushlarni sunʼiy
intellektga yuklagan inson tayyor natijani tahlil qilishga kelganda oʻzining tabiiy aqli,
tugʻma isteʼdodlari va ijodkorlik qobiliyatlaridan foydalangani nur ustiga aʼlo nur. Ana
shunday uygʻunlikda ishlash muvaffaqiyatga yetaklaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI
1. Laptev. V.A Sunʼiy intelekt tushunchasi va uning ishi uchun huquqiy
javobgarlik. “Qonun. Oliy iqtisodiyot maktabi” jurnali.2019 y No 2.-bet 83.
2. Filipova I.A Sunʼiy intelektni huquqiy tartibga solish. - Samarqand, 2022-yil, 4-
bet.
3. Pardayeva D.N. Niyozov F.X. Xushboqov I.U. Sunʼiy intelekt tarixi, rivojlanish
bosqichlari hamda insonlar hayotidagi oʻrni. Экономика и социум №3(106)-2
2023.
4. Feokitsitova O. Sunʼiy intelekt rivojlanish surati hatto olimlarni ham
qoʻrqitmoqda: aqlli robotlar insoniyatga qanday tahdid solmoqda. Forum
kuni.3.11.2021.
5. Bakhromov A. Juraeva N. Nurfayziyeva M. Oppokkhonov N. Egamnazarov K.
Sunʼiy intelektning turizm sohasida xizmat koʻrsatish sifatini oshirishdagi roli.
Multidisciplinary Scientific Journal. Iyun-2023. 448
II SHO‘BA:
Sun'iy intellekt va insoniy munosabatlar transformatsiyasi: shaxsdagi muvaffaqiyatlar va rivojlanish istiqbollari
https://www.asr-conference.com/

