Page 102 - Microsoft Word - Tarmoq_texnologiyalari_O˘quv_qo˘llanma_2022
P. 102
Communications Server dasturi keng qo’llaniladi.
Amal tizimi uchun ko’pincha Windows yoki UNIX platformasi asos qilib
olinadi. Agar, yuridik shaxsda Intranet yangidan kurilayotgan bo’lsa, yoki mavjud
(eski) tarmoqda UNIX platformasi asos uchun kabul kilinmagan bo’lsa, serverlar
uchun Windows platformasini kabul qilish maqsadga muvofik. Microsoft
kompaniyasi tomonidan chiqarilayotgan Internet Information Serverlari
Internetning sunggi texnologiyalarini qo’llab-quvvatlaydi va OS Windows NT4.0
amal tizimi tarkibiga kiradi.
Tarmoq amal tizimi tarmoqdagi turli apparat vositalari va dastur
ta’minotlarining birgalikda amalga oshiriladigan ishlarini yuzaga chiqaradi.
Tarmoq amal tizimini tanlashda UNIX server, Windows NTserver va NetWare
server amal tizimlaridan birida tuxtashga to’g’ri keladi.
Ko’pgina yirik kompaniyalar UNIX amal tizimidan foydalanadilar. Urtacha
korxonalarda eng ko’p tarkalgan tarmoq amal tizimlari sirasiga bugungi kunda
Microsoft kompaniyasining Windows NT Serveri va Novell kompaniyasining
NetWare si kiradi. Bular mijoz/server tarmoq modeli tamoyilida ishlaydilar.
Windows NT Serverda ma’lumotlar uzatish uchun TSP/IP yoki IPX/SPX
protokollari, NetWare da IPX/SPX – tarmoq protokoli ko‘llaniladi.
Maxalliy kompyuter tarmoqlarida NetWare, asosan fayl serveri va bosish
stantsiyasi bo’lgani uchun, fayllar va bosgichlardan birgalikda foydalanishda
ishlatiladi. U TCP/IP protokolini kullab-kuvvatlamaydi. TCP/IP protokolini
ishlatish uchun IPXni IP ga ugiruvchi maxsus dastur (shlyuz dastur)lardan
foydalanish lozim bo’ladi.
Intranet xosil qilish uchun server dastur ta’minoti Intranet Wareni ni ishlatish
mumkin. Bunda IP - manzil xar bir mijozga takdim etilishi shart bulmasada Web-
serverga berilishi shart. Bunda IPXni IP ga va teskari yo’nalishda ugirish
muammosi uz-uzidan xal bo’ladi.
NetWare tizimi unchalik tez va tadbikiy jarayonlar uchun unchalik bakuvvat
server emas. NetWare tarmoq amal tizimidan Intranet yaratishda foydalanish fakat
agar mavjud kompyuter tarmogi – NetWare asosida kurilgan bo’lsa-gina uzini
oklashi mumkin. Lekin u foydalanuvchilarning ko’pgina tadbikiy dasturlardan
101