Page 105 - Microsoft Word - Tarmoq_texnologiyalari_O˘quv_qo˘llanma_2022
P. 105

Microsoft  Front  Page  qo’shimchalarini  qullab-quvvatlovchi,  ishlash  uchun  katta

                  qulayliklar yaratuvchi qo’shimcha vositalarga ega. Shundan sung Intranet xizmat

                  turlarini sozlab chiqiladi va konfiguratsiyalanadi.

                                                     Web-serverni o’rnatish.

                        Web-server  Intranetning  asosiy  dastur  ta’minoti  bo’lgani  tufayli  uni  to’g’ri

                  tanlash  lozim.  Windows  NTli  tarmoqka  eng  to’g’ri  keladigani  MIIS,  Novell

                  tarmoqlari uchun NetWare Web Serverdir. Ularning bepul, shartli-bepul turlarini

                  xam  hisobga  olish  lozim.  Eng  yaxshi  Web-serverlarda  qo’shimcha  tarzda

                  xavfsizlikni  ta’minlash  shu  jumladan,  shifrlash  vositalari,  ma’lumot  bazalariga

                  ulanish vositalari va boshqa imkoniyatlar mavjud.

                        Axborot mazmuni.

                        Avvaldan  Intranetda  qanday  turdagi  axborot  oqimlari  bulishi  lozimligi  va

                  axborotdan  xamkorlikda  foydalanish  qanday  tashkil  etilishi  lozimligi  belgilab

                  olinishi lozim. Buning uchun ishchi guruhdagi foydalanuvchilar vakillari yuridik

                  shaxs  bo’limlari  bilan  maslaxatlashib  turishlari  lozim.  Axborot  manbalarini

                  joylashtirish  sxemasi  va  ularni  biridan  boshqasiga  utish  masalalariga  aniqlik

                  kiritish lozim bo’ladi.

                        Web-server tuzilmasi.

                        Web-server  tuzilmasini  unga  kuyiladigan  axborot  tuzilmasi  bildiradi  va  bu

                  Intranetdan  foydalanish  qulayliklarini  belgilaydi.  Web-server  tuzilmasi  sxemasi

                  nashr  etiladigan  axborotlar  xarakteriga  bog’liq  bo’lib,  zarur  axborotga  yaqin

                  yuldan utish imkonini berishi lozim.

                        Web-server tuzilmasini uch asosiy sxemasi keng tarkalgan. Bular: ketma-ket,

                  tursimon va shajara (daraxt) sxemalardir.

                        Ketma-ket  sxema  kitobdagi  axborot  bulaklarining  joylashishiga  o’xshash.

                  Unda axborot qismlarga, qismlar boblarga, boblar paragraflarga bulingan va ular

                  ketma-ket  ishoratlar  bilan  uzaro  boglangan.  Menyu  va  indeks  zarur  bo’limga

                  utishga  imkon  beradi.  Xar  bir  Web  saxifa  uchun  bitta  avvalgi  va  bitta  keyingi

                  saxifa bilan ishoratlar orqali boglanish beriladi.

                        Ko’p konturli (inglizcha - mesh) sxemada xar bir saxifa bir necha boshqa

                  saxifalar bilan ishoratlar orqali boglangan bo’ladi, va xar bir yangi saxifa bir necha



                                                               104
   100   101   102   103   104   105   106   107   108   109   110