Page 103 - Microsoft Word - Tarmoq_texnologiyalari_O˘quv_qo˘llanma_2022
P. 103
foydalanish imkoniyatlarini cheklab kuygani uchun xam, bir kuni kelib, kelajakda
baribir TCP/IP protokolini kullab-kuvvatlaydigan tarmoq amal tizimini urnatishga
to’g’ri keladi. Amaliy tadbikiy dasturlar Windows platformasi uchun ko’proq
ishlab chikilayotganligi juda ko’p korxonalar tomonidan Windows platformasini
tanlanishiga sabab bulmokda.
Tarmoq amal tizimi sifatida Windows NTServer 4.0 intranet serveri uchun
ko’proq tavsiya etiladi. Bu tarmoq amal tizimi (32 razryadli) bo’lib, barkaror
arxitekturaga ega, undan foydalanish oson, yuqori ko’rsatkichlarga ega.
Windows NT Server 4.0 tarkibiga:
• -Web – server (MIIS - Microsoft Internet Information Server 2.0);
• - Microsoft Index Server - Web serverlarda saxifalarni avtomatik indekslash
va axborot izlash vositasi;
• - Microsoft Front Page –Web – sayt (saxifalar majmui) yaratish vositasi);
• - Microsoft Internet Explorer – keng hududga tarqalgan tarmoqdagi va
Internetdagi axborot dasturlarini ko‘rib olish vositasi va boshqa dasturlar, shu
jumladan, DNS, WINS xam kiradi.
Windows NT Serveridan fayl-server, bosma-server, amaliy ishlanmalar
serveri, domen nazoratchisi, olisdan ulanish serveri (Remote Access Service –
RAS), Internet serveri, axborot xavfsizligi serveri, ma’lumotlarni rezervlash
serveri, Aloqa serveri, yordamchi xizmatlar serveri sifatida foydalanish mumkin.U
elektron pochta, fayl serveri, ma’lumotlar bazasi serveri va Aloqa serveri uchun
yagona platformadir. U IBM meynfreymlari, Net Ware va UNIX asosidagi tizimlar
bilan xam ishlay oladi. U shu kungacha ko’p tarkalgan barcha tarmoq protokollari -
TCP/IP, IPX, SPX, NetBEUI, AppleTalk, DLC, HTTP, SNA, PPP va PPTP lar
bilan, xamda mijoz amal tizimlarining bugungi keng tarkalgan barcha turlari bilan
ishlaydi.
Windows NTning kataloglar xizmati bir domenda 25 ming foydalanuvchi va
butun tashkilot bo’yicha yuzlab ming foydalanuvchini kullab kuvvatlaydi. Undan
kichik va urtacha tugunlar uchun marshrutlovchi sifatida foydalanish mumkin.
Bunda qo’shimcha jixozga xojat yuk. TCP/IP, IPX/SPX va AppleTalk protokollari
102