Page 140 - Microsoft Word - Tarmoq_texnologiyalari_O˘quv_qo˘llanma_2022
P. 140

6.  Hujjatlar ustida hamkorlikda ishlash


                        Internet provayderlar quyidagi xizmatlarini taqdim etadi:

                        –  WWW Internet resurslarini tashkil etish

                        –  E-mail Elektron pochta xizmati

                        –  Web hosting Shaxsiy veb saytlarni Internetga joylashtirish

                        –  Internet conference Internet orqali video muloqot

                        –  Searching Internet qidiruv tizimlaridan foydalanish

                        –  FTP fayllarni almashish protokoli

                        –  IPTV Internet tarmog`i orqali raqamli televideniya

                        –  IP telefoniya Internet tarmog`i orqali telefon so`zlashuvlar

                                                          Google tizimlari

                        Bu mavzuda biz Web 2 texnologiyalaridan foydalangan holda o`z ishimizni

                  osonlashtirish imkoniyatini beruvchi ajoyib usul bilan tanishib chiqamiz.

                        Tassavvur  qiling  bitta  ilmiy  maqola  ustida  3  nafar  shaxs  (Masalan:  Siz,

                  Sizning  ilmiy  rahbaringiz  va  hamkasbingiz)  ishlamoqda.  Baxtga  qarshi  maqola

                  ustida  ishlayotgan  kishilar  dunyoning  har  xil  joylarida  ish  yuritishadi.  Demak,

                  maqolani yozish vaqtida Siz o`zingizga tegishli bo`lgan joylarini yozasiz, bundan

                  keyin  ilmiy  maqolangizni  holatini  ilmiy  rahbaringizning  elektron  pochtasiga

                  junatasiz. Ilmiy rahbaringiz Siz yuborgan maqolani o`qib bir nechta qo`shimcha va

                  kamchiliklarni  to`g`irlab  Sizga  elektron  pochta  orqali  Sizga  junatadilar.  Siz

                  elektron  pochta  orqali  qabul  qilib  tegishli  o`zgarishlarni  bajarib,  tahrirlab  yana

                  ilmiy  rahbaringizga  yuborasiz  va  bir  vaqtning  o`zida  uchinchi  muallifning

                  pochtasiga yuborasiz.Ilmiy rahbaringiz va uchinchi muallif maqolani olib ma’lum

                  bir  tahrirlash  ishlarini  bajarib  Sizning  pochtangizga  ilmiy  maqolani  yuboradilar.

                  Siz maqolani olib umumlashtirasiz va yana o`zgartirishlarni kiritib umumlashtirib

                  yana  ilmiy  rahbaringizga  va  uchinchi  muallifning  elektron  pochasiga  jo`natasiz.

                  Natijada bir ilmiy maqolani ohiriga yetkazish uchun ilmiy maqolangizni bir




                                                               139
   135   136   137   138   139   140   141   142   143   144   145