Page 136 - Microsoft Word - Tarmoq_texnologiyalari_O˘quv_qo˘llanma_2022
P. 136
Interfeys 1 V-2B
Ba’zi holatlarda Web–sahifalarni ko’rib chiqayotganingizda kutib turishga
zaruriyat bo’lmaydi, aksincha, ba’zida bir necha minut kutib qolasiz. Bunga sabab,
siz ko’rib chiqayotgan Web–sahifa Web–server bilan yangidan bog’lanishni talab
qiladi. Web–server bo’sh bo’lsa, bog’lanish bir zumda bo’ladi. Agar so’roq URL
navbatga qo’yilgan bo’lsa, bog’lanishni kutish uchun anchagina vaqt kerak bo’ladi.
Internet kommunikasiya ishlarining asosiy protokoli TSP/IP(Transmission
Control Protocol /Internet Protocol–uzatuvlarni boshqarish protokoli (tarmoqlararo
protokol) hisoblanadi. (rasm 2)
Uning yordamida har xil tarmoqlar bir-birlari bilan osongina bog’lanadilar.
TSP/IP tufayli Internetda “tarmoqlar tarmog’i” yaratildi.1983 yil 1 yanvarni
Internet tug’ilgan kun deb hisoblash mumkin, chunki shu kundan boshlab,
ARPANET va mudofaa axborot tarmog’i TCP/IP tarmog’idan foydalana
boshlagan.
3. “Kliyent–server” va brauzer arxitekturasi
Web “kliyent–server” arxitekturasidan foydalanadi. Bu Web server dasturiy
ta’minoti bilan ishlaydigan kompyuterlar mavjudligini anglatadi. Ko’pchilik
foydalanuvchilar Web–serverdan axborot olib ishlaydigan Web–brauzerlar bilan
ishlashga hohish bildiradilar.
Web–serverlar dunyo bo’yicha foydalanuvchilarni kerakli axborotlar bilan
ta’minlaydi; boshqa Web–serverlar bilan aloqa qiladi; zarur statistik ma’lumotlarga
ega bo’ladi. Hozirgi vaqtda Internetda bir-birlari bilan hamisha muloqot qilib
turadigan 250000 ga yaqin Web–serverlar mavjud.
Har bir Web–server barcha protokollarga va internet tugunlariga tegishli
axborotlarga egadir. Web–serverda bundan tashqari hujjatlar, dasturlar va boshqa
axborotlar saqlanadigan joy adreslari to’g’risidagi ma’lumotlar ham saqlanadi.
Faraz qilaylik, siz brauzer (Vetcape)ga http//www.microsoft.com
/Mics/shortcuts.htm1ga o’tish kerakligini aytasiz. Web–server Netscapedan qilgan
interpretasiya (tarjima) qiladi, keyin (direktoriy–Misc va unda joylashgan hujjat
Shortcuts.html ni topadi va hujjatdagi ma’lumotni sizning kompyuteringizga
135