Page 134 - Microsoft Word - Tarmoq_texnologiyalari_O˘quv_qo˘llanma_2022
P. 134

sahifasidagi boshqa obyekt bilan bog’lovchi ajratilgan so’z turkumi. Axborotning

                  har  tarkibiy  qismlari  orasidagi  aloqa.  U  WWW  doirasidagi  obyektdan  obyektga

                  o’tishni  ta’minlaydi.  Gipermatnli  hujjatlar  bilan  tanishib  chiqish  uchun  Tim

                  Berners–Li Web–(sharhlovchi) deb nom olgan programma yozdi.

                        1993  yili  amerikalik  talaba  Mark  Andressen  Mosaic  Web–sharxlovchi

                  dasturini  yozdi.  Bu  dastur  birinchilar  qatori  grafik  interfeysga  ega  bo’ladi  va

                  sichqoncha  bilan  ishlay  boshlaydi.  Mosaic  ishlatish  uchun  qulay  UNIX,  PC  va

                  Macintosh platformalarida ishlaydi va bepul tarqatiladi.

                        Biroq,  vaqt  o’tgach  tadqiqotchi  Mosaic  asoschi  Silicon  Graphics  bilan

                  birlashdi. Ular hozirgi kunda boshlovchi brauzer–Netscape ni yaratdilar. Taxminan

                  Webdagi  barcha  trafiklarning  80%  Netscape  ga  to’g’ri  keladi.  Xonadonlardagi

                  kompyuterlarni Netscape bilan tekin yuklash mumkin.

                        Keyinroq bozorda Microsoft kompaniyasi mahsuloti Internet Explorer nomli

                  yangi  brauzer  paydo  bo’ldi.  U  ham  tezda  internet  tarmog’iga  kiritila  boshladi.

                  Qaysi  bir  jihatdan  WWWning  mashhur  bo’lib  ketishi  Microsoft  Windowsga

                  o’xshab ketadi. Windows MS DOS matn barcha vazifalarni qulay grafik interfeys

                  orqali  bajaradi.  Xuddi  shunday  WWWning  grafik  moxiyati  internet  va  elektron

                  aloqa vositalari e’tiborini jalb etdi.

                        Kelajakdagi  WWW  brauzer  va  kompyuterlarda  axborotlarning  tashqi

                  ko’rinishi  bilan  boshqariladigan,  ishlatishda  eng  qulay  til  HTML  bilan

                  chambarchas  bog’lanadi.  Oxirgi  yillar  mobaynida  HTML  da  bir  qancha

                  o’zgarishlar  sodir  bo’ldi.  1999  yil  24  dekabr  maxsus  notijorat  tashkilot  WWW

                  Consortium (W3S) tomonidan qabul qilingan HTML fayllari, audio–videokliplar

                  bilan ishlashda, ayniqsa sahifalarni o’zaro bog’lashda katta qulayliklar yaratdi.

                                                  2. Internet asosiy protokollari

                        WWW  bu  giperaloqalar  yordamida  o’zaro  bog’langan  minglab  har  xil

                  hujjatlardir.  Web  esa,  o’zining  xususiy  aloqa  usuli–HTTP  protokolidan

                  foydalanadi. Uning yordami bilan sahifalar internetga jo’natiladi va qabul qilinadi.

                  HTTP  (Hyper  Text  Transfer  Protocol)–bu  internet  protokoli  hisoblanib  uning

                  yordamida  bir  formatdagi  ikki  kompyuter  o’zaro  bog’lanib,  muloqot  olib  borish

                  imkoniyatiga ega bo’ladi. Har qanday protokol bu kompyuterlar bilan axborotlar



                                                               133
   129   130   131   132   133   134   135   136   137   138   139