Page 130 - Microsoft Word - Tarmoq_texnologiyalari_O˘quv_qo˘llanma_2022
P. 130

bir  Web  sahifalari  mavjuddir.  Bular  mail.ru,  yahoo.som,  mail.uz,  gmail.com  va

                  hokazo.  Foydalanuvchi  dastlab,  pochta  manziliga  ega  bо‘lishi  kerak.  Pochta

                  manzilini tashkil qilish uchun Internet Explorer dasturining asosiy oynasiga ushbu

                  Web sahifalaridan biri chaqiriladi va ishga tushiriladi.

                                             4. Internetda informatsion xavfsizlik.

                        Ma’lumki  internet  tarmoqlararo  informatsiya  almashinuvini  ta’minlavchi

                  magistiraldir. Uning yordamida dunyo bilimlar manba’iga kirish, qisqa vaqt ichida

                  ko`plab  ma’lumotlar  yig`ish  ishlab  chiqarishning  va  uning  texnik  vositalarini

                  masofadan  turib  boshqarish  mumkin.  Shu  bilan  bir  qatorda  internetning  ushbu

                  imkoniyatlaridan  foydalanib  turmoqdagi  begona  kompyuterlarni  boshqarish

                  ularning ma’lumotlar bazasiga kirish, nusxa ko`chirish g`arazli maqsadda turli xil

                  viruslar  tarqatish  kabi  noqonuniy  ishlarni  amalga  oshirsh  mumkin.  Internetda

                  mavjud  bo`lgan  ushbu  xavf,  informatsion  xavfsizlik  muammolari  bevosita

                  tarmoqlarning xususiyatlaridan kelib chiqadi.

                        Bizning  oldingi  paragraflarda  qayd  etib  o`tganimizdek  ixtiyoriy  tarmoq

                  xizmatini o`zaro kelishilgan qoida (protokol) asosida ishlovchi juftlik «Server» va

                  «Mijoz»  dastur  ta’minoti  bajaradi.  Ushbu  protokollar  miqyosida  ham  «Server»,

                  ham «Mijoz» dasturlari ruxsat etilgan amallarini (operatsiya) bajarish vositalariga

                  ega.  Masalan,  NTTR  protokoldagi  formatlash  komandalari  Web  sahifalarida

                  joylashtirilgan tovush, vidio animatsiyalar va har xil aktiv ob’yektlar ko`rinishidagi

                  mikrodasturlar.  Xuddi  shunday  ruxsat  etilgan  operatsiyalar,  aktiv  ob’yektlardan

                  foydalanib  internetda  ba’zi  bir  noqonuniy  harakatlarni  oshirish  tarmoqdagi

                  kompyuterlarga  va  ma’lumotlar  ba’zasiga  kirish  hamda  ularga  tahdid  solish

                  mumkin bo`ladi.

                        Bu xavf va tahdid nimalardan iborat:

                        1.  Tarmoqdagi  kompyuterlarga  ruxsatsiz  kirish  va  uni  masofadan  turib

                  boshqarish.  Ularga  sizning  manfaatingizga  zid  bo`lgan  dasturlarni  joylashtirish
                  mumkin.

                        2.  Web sahifalarida joylashtirilgan «aktiv ob’yektlar» agressiv dastur kodlari
                  bo`lib, siz uchun xavfli virus yoki josus dastur vazifasini o`tashi mumkin.








                                                               129
   125   126   127   128   129   130   131   132   133   134   135