Page 126 - Microsoft Word - Tarmoq_texnologiyalari_O˘quv_qo˘llanma_2022
P. 126

  insonlar shaxsiyatiga tegadigan, О‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

                  va qonunlariga zid muhokamalar, resurslarga ishoratlar, fayllar va tasvirlar nashr

                  qilish ta’qiqlanadi;

                        О‘zbekiston  Ruspublikasi  qonunlariga  muvofiq  tarzda  faoliyat  olib

                  bormaydigan  saytlarga  ishorat  joylash  yoki  shunday  ma’lumotlarga  ega  bо‘lgan

                  saytlardan ma’lumot joylash ta’qiqlanadi.

                        Bloglar va viki – saytdagi materialga izoh berish va ma’lumot qoldirish. Blog

                  -  bu  tarkibi  matn,  tasvir  va  multimedia  ma’lumotlaridan  iborat  bо‘lgan  doimiy

                  ravishda  qо‘shilib  turiladigan  ma’lumotlar  yoki  izohlardan  iborat  bо‘lgan  sayt.

                  Bloglar odatda u yoki bu material veb sahifasi tarkibida mavjud bо‘lib, materialga

                  berilgan izohlarni о‘zida mujassamlaydi.

                        Viki  –  bu  saytning  о‘zi  tomonidan  taqdim  etiladigan  uskunalar  yordamida

                  uning  tuzilmasini  va  tarkibini  foydalanuvchilar  о‘zgartira  olish  imkoniga  ega

                  bо‘lgan veb sayt.

                        An’anaviy pochta xizmati. An’anaviy pochta xizmati bizga ma’lum bо‘lgan

                  va  har  bir  shahar  va  markazlarda  joylashgan  pochta  aloqasi  korxonalari  orqali

                  amalga  oshiriladi.  Bunda  jо‘natilishi  rejalashtirilayotgan  xat  maxsus  konvertga

                  solinib,  yuboruvchi  va  qabul  qiluvchining  indeksi,  manzili  va  kimga

                  mо‘lljallanganligi yoziladi. Shu ma’lumotlarga asoslangan holda pochta korxonasi

                  kelgan xatni markaziy pochta korxonasiga yuboradi va u yerda saralanib tegishli

                  manzilga  eltib  berishni  ta’minlaydi.  Kamchiligi  shundaki  yuborilgan  xabar  yoki

                  xat  manzil uzoqligiga  qarab  kunlab,  oylab borishi,  ba’zi hollarda umuman  yetib

                  bormasligi ham mumkin.

                                       3.Elektron pochta xizmati va uning afzalliklari.

                        Internet–xalqaro  tarmog‘ining  asosini  Electronic  mail  (E-mail)  -  elektron

                  pochta  xizmati  tashkil  qiladi.  Elektron  pochta  xuddi  odatdagi  pochtadek  bо‘lib,

                  faqat  bunda  xatni  qog‘ozga  emas,  balki  kompyuter  klaviaturasidan  harf  va

                  sо‘zlarni  terib,  ma’lum  elektron  yozuv  kо‘rinishiga  keltiriladi.  Elektron  pochta

                  maxsus  dastur  bо‘lib,  uning  yordamida  Internet  tarmog‘i  orqali  dunyoning

                  ixtiyoriy joyidagi elektron manzilga xat, hujjat, ya’ni ixtiyoriy ma’lumotni tezda

                  (bir necha soniya va daqiqalarda) jо‘natish va qabul qilib olish mumkin. Elektron



                                                               125
   121   122   123   124   125   126   127   128   129   130   131