Page 122 - Microsoft Word - Tarmoq_texnologiyalari_O˘quv_qo˘llanma_2022
P. 122
aloqasini ta’minlab beruvchi tizimdir. Skayp tizimi Internet orqali mobil va uy
telefonlariga qо‘ng‘iroq qilish pullik xizmatlarini xam kо‘rsatadi. Bundan tashqari
skayp tizimi yordamida chat sifatida matn xabarlarini yuborish,
videoqо‘ng‘iroqlarni amalga oshirish hamda konferensaloqani ham amalga
oshirish mumkin. Video qо‘ng‘iroqlarni amalga oshirishda veb kameradan
foydalaniladi.
Meyl Agent dasturi. Mail.Ru Agent - Mail.Ru kompaniyasi tomonidan
ishlab chiqilgan, Internet orqali tezkor xabarlarni almashish dasturi. Mail.Ru
dasturi tezkor xabarlarni almashishdan tashqari, Internet orqali telefon qurilmalari
yordamida sо‘zlashish, videoqо‘ng‘iroqlarni amalga oshirish, tekin SMS xarablarni
jо‘natish hamda elektron pochtangizga kelib tushgan xatlar tо‘g‘risida
ogohlantirish imkoniyatlarini ham taqdim etadi.
Google Talk dasturi. Google Talk dasturi Google kompaniyasi tomnidan
ishlab chiqilgan tezkor real vaqt tizimida xabarlarni almashish dasturi hisoblanadi.
Google Talk dasturi matn kо‘rinishidagi xabarlarni almashish, va tovushli
sо‘zlashish imkoniyatini taqdim etadi. Bundan tashqari Google Talk dasturi Gmail
elektron pochta tizimining xizmatchi dasturi bо‘lib pochta qutisini boshqarish
vazifasini ham bajaradi. Google Talk dasturidan foydalanish uchun albatta Gmail
tizimidi elektron pochta qutisiga ega bо‘lish kerak.
ICQ - hozirgi kunda eng ommabop bо‘lgan internet muloqot dasturi
hisoblanadi. Bu dasturning foydalanuvchilar soni 38 mln. dan oshib ketgan. Bu
dasturda xar bir foydalanuvchi shaxsiy raqamiga ega bо‘ladi. Qidiruvni amalga
oshiradigan vaqtda ham ICQ raqamidan foydalaniladi. Foydalanuvchilar Internetga
ulangan kompyuterda ushbu dasturni ishga tushiradi, shundan sо‘ng dastur
avtomatik ravishda ICQ xizmati serveri bilan bog‘lanadi. Bog‘lanish amalga
oshirilgandan sо‘ng xabarlar almashish mumkin.
Tvitter ommaviy axborotlarni jо‘natish tizimi, undan tо‘g‘ri foydalanish.
Internet tarmog‘ida Blog degan tushuncha kо‘p uchraydi. Bu blogda har bir
foydalanuvchi о‘z fikrini qoldirishi va shu fikriga tahlillarni olishi mumkin. Tvitter
fikr almashish uchun mо‘ljallangan kichkina blog hisoblanadi. Kichkina blog
deyilishiga sabab belgilar soni 140 tani tashkil etadi, ya’ni siz 140 tadan ortiq
121