Page 120 - Microsoft Word - Tarmoq_texnologiyalari_O˘quv_qo˘llanma_2022
P. 120

almashish orqali muloqot qiladi.

                        Internet  konferensiyalar  –  bu  muayyan  muammoni  hal  qilayotgan  guruh

                  ishtirokchilarining  Internet  tarmog‘i  orqali  konferens  aloqasi  yordamida  о‘zaro

                  axborot almashinish jarayonidir. Tabiiyki, bu texnologiyadan foydalanish huquqiga

                  ega  bо‘lgan  shaxslar  doirasi  cheklangan  bо‘ladi.  Kompyuter  konferensiyasi

                  ishtirokchilari  soni  audio–  va  videokonferensiyalar  ishtirokchilari  sonidan  ancha

                  kо‘p  bо‘lishi  mumkin.  Adabiyotlarda  telekonferensiya  atamasini  kо‘p  uchratish

                  mumkin. Telekonferensiya о‘z ichiga konferensiyalarning uch turini: audio, video

                  va kompyuter konferensiyalarini oladi.

                        Audiokonferensiyalar. Ular tashkilot yoki firmaning hududiy jihatdan uzoqda

                  joylashgan  xodimlari  yoki  bо‘linmalari  о‘rtasida  kommunikatsiyalarni  saqlab

                  turish uchun audioaloqadan foydalanadi. Audiokonferensiyalarni о‘tkazishning eng

                  oddiy  texnika  vositasi  sо‘zlashuvda  ikkitadan  kо‘p  ishtirokchi  qatnashuvini

                  ta’minlaydigan  qо‘shimcha  qurilmalar  bilan  jihozlangan  telefon  aloqasi

                  hisoblanadi.  Audiokonferensiyalarni  tashkil  etish  kompyuter  bо‘lishini  talab

                  etmaydi,  faqatgina  uning  ishtirokchilari  о‘rtasida  ikki  tomonlama  audioaloqadan

                  foydalanishni  kо‘zda  tutadi.  Audiokonferensiyalardan  foydalanish  qarorlar  qabul

                  qilish jarayonini yengillashtiradi, u arzon ham qulay.

                        Videokonferensiyalar.  Ular  ham  audiokonferensiyalar  qanday  maqsadlarga

                  mо‘ljallangan  bо‘lsa,  shunday  maqsadlarga  mо‘ljallangan,  lekin  bunda

                  videoapparatura  qо‘llaniladi.  Ularni  о‘tkazish  ham  kompyuter  bо‘lishini  talab

                  etadi.  Videokonferensiya  jarayonida  bir-biridan  ancha  uzoq  masofada  bо‘lgan

                  uning ishtirokchilari televizor ekranida о‘zlarini va boshqa ishtirokchilarni kо‘rib

                  turadilar.  Televizion  tasvir  bilan  bir  vaqtda  ovoz  ham  eshitilib  turadi.

                  Videokonferensiyalar  transport  va  xizmat  safari  harajatlarini  ancha  qisqartirish

                  imkonini bersa ham, aksariyat tashkilot yoki firmalar ularni faqat shu sabablarga

                  kо‘ra  qо‘llamaydilar.  Bu  firmalar  bunday  konferensiyalarda  muammoni  hal

                  qilishga hududiy jihatdan ofisdan ancha uzoqda joylashgan kо‘p sonli menejerlarni

                  va boshqa xodimlarni ham jalb etish imkoniyatini kо‘radilar.

                        Internet orqali sо‘zlashuv. Internet orqali о‘zaro muloqot deganda ikki yoki

                  undan ortiq foydalanuvchilarning bir vaqtni о‘zida, bir-birlari bilan internet



                                                               119
   115   116   117   118   119   120   121   122   123   124   125