Page 121 - Microsoft Word - Tarmoq_texnologiyalari_O˘quv_qo˘llanma_2022
P. 121

tarmog‘i  orqali  aloqa  о‘rnatilishi  tushuniladi.  Bunday  muloqot  jarayonida

                  foydalanuvchilarning joylashuv о‘rni ahamiyatga ega emas, ya’ni foydalanuvchilar

                  qayerda  bо‘lishlaridan  qat’iy  nazar  Internet  tarmog‘i  orqali  muloqot  о‘rnata

                  oladilar. Bunday sо‘zlashuvlarni amalga oshirish uchun maxsus dasturlar bо‘lishi

                  talab qilinadi. Bunday dasturlarga Skayp, Meyl Agent, Google Talk, ICQ dasturlari

                  kiradi.

                        Internet  orqali  sо‘zlashuv  jarayonida  mikrofon  va  eshitish  qurilmasini

                  kompyuterga  ulab  keltirilgan  dasturlar  yordamida  foydalanuvchilar  sо‘zlashib

                  muloqot  qilishlari  mumkin.  Bunda  Internet  orqali  muloqot  jarayoni

                  foynalanuvchiga  tezkorligi,  arzonligi  xamda  sifatliligi  bilan  qulayliklar  yaratib

                  beradi.

                        Internet  orqali  video  muloqot.  Internet  orqali  video  muloqot  deganda

                  foydalanuvchilar bir birlarini kompyuter ekranida (on-layn tarzda) kо‘rib turadilar,

                  ya’ni  foydalanuvchilarning  harakatli  tasvirlari  bir-birlariga  uzatiladi.  Bu  video

                  aloqani  amalga  oshirib  beruvchi  qurilma  veb  kamera  deb  nomlanadi.  Internet

                  orqali    video     muloqot       jarayonida     muloqotda       qatnashayotgan       barcha

                  foydalanuvchilar bir birining gapini eshitibgina qolmay, balki bir-birlarini kо‘rib

                  ham turishadi.

                        Veb  kamera  va  uning  ahamiyati.  Veb  kamera  alohida  qurilma  bо‘lib,  u

                  kompyuter vositasiga ulanadi va Internet tarmog‘i orqali muloqotlarda ishlatiladi.

                        Veb  kameradan  foydalanish  va  u  orqali  muloqot  qilish  uchun  Internet

                  tarmog‘i ulangan bо‘lishi hamda har bir foydalanuvchi kompyuterida veb kamera

                  qurilmasi о‘rnatilgan bо‘lishi shart.

                        Veb kamera foydalanuvchilarga  juda ham  kо‘p  qulayliklarni  yaratib beradi,

                  ya’ni  suhbat  jarayonida  foydalanuvchilar  qayerda  joylashganligidan  qat’iy  nazar

                  bir-birlarini kо‘rib turadilar. Internet tarmog‘i orqali video muloqotlar Skayp, Meyl

                  Agent, Google Talk, ICQ dasturlari orqali amalga oshiriladi.



                         Skayp, Meyl Agent, Google Talk, ICQ dasturlari va ular orqali muloqot

                                                           о‘rnatish.

                        Skayp dasturi.  Skayp  –  bu  Internet  orqali  kompyuterlararo  sо‘zlashuv



                                                               120
   116   117   118   119   120   121   122   123   124   125   126