Page 125 - Microsoft Word - Tarmoq_texnologiyalari_O˘quv_qo˘llanma_2022
P. 125

ixtisoslashgan bо‘lib, kasalliklar va ularni davolash, dori vositalar va ularni tо‘g‘ri

                  qо‘llash hamda tibbiyot bо‘yicha yuridik maslahat olish mumkin.

                        - Progz.ru forumi – ushbu forum dasturlash texnologiyalaridan foydalanish,

                  kompyuter dasturiy vositalarini ishlab chiqish va dasturlash bilan bog‘liq yuzaga

                  kelgan muammolarni muhokama qilishga mо‘ljallangan.

                        - Avtomobili.by forumi – ushbu forum avtomobil ishqibozlari forumi bо‘lib,

                  unda avtomobillar brendlari, markalari va turlari hamda ularni ta’mirlash va xizmat

                  kо‘rsatish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilish mumkin.

                        -  Stopforum.ru  forumi  –  bu  kompyuter  о‘yinlari  forumidir.  Bunda

                  о‘yinlarning  turlari,  ularni  о‘ynash  sirlari  va  yuzaga  kelgan  muammolar

                  muhokama qilinadi.

                        -  WildDesign.ru  forumi  –  bu  forumda  dizayn,  moda  va  tasviriy  san’at

                  ixlosmandlari  va  ijodkorlari  fikr  almashishadi.  Bundan  tashqari  ijodkorlar

                  asarlaridan baxramand bо‘lish mumkin.

                        Uforum.uz  -  milliy  forumi.  Uforum.uz  –  milliy  forum  hisoblanib,  bunda

                  Respublikamizning  axborot  texnologiyalari,  ta’lim,  madaniyat,  moliya,  sog‘liqni

                  saqlash  sohalarida  hamda  davlat  sektori  va  elektron  hukumat  tuzilmasida  rо‘y

                  berayotgan  masalalar  muhokamasini  о‘z  ichiga  oladi.  Quyidagi  rasmda  milliy

                  forumning ta’lim sohasiga oid mavzulari tasvirlangan.

                        Forumlarda ishtirok etish tartibi:

                          forumdan  rо‘yxatdan  о‘tish.  Forum  qoidalariga  va  О‘zbekiston

                  Respublikasi qonunlariga rioya qilish shart;

                          forumdan  rо‘yxatdan  о‘tishda  rasmiy  shaxslar  login  uchun  о‘zlarining

                  xaqiqiy ma’lumotlarini Ism Sharifi, shuningdek ish joyi va lavozim xam majburiy

                  shartlarga kiradi;

                          ma’lumotlarni  kiritish  bilan  birga  foydalanuvchi  profil  uchun  avatar

                  sifatida surat xam taqdim etishi lozim;

                          ma’lumotlarini  oshkor  qilishni  istamagan  foydalanuvchilar  esa  о‘zlari

                  ma’qul deb topgan niklarni tanlashlari mumkin;

                          senzuraga  oid  sо‘zlashuv,  xaqorat,  fleym,  offtop,  spam  va  reklama

                  ta’qiqlanadi;



                                                               124
   120   121   122   123   124   125   126   127   128   129   130