Page 124 - Microsoft Word - Tarmoq_texnologiyalari_O˘quv_qo˘llanma_2022
P. 124

Off-line  texnologiyaning  muhim  ustunligi,  elektron  pochta  va  virtual

                  anjumanlar  bilan  ishlash  uchun  dasturiy  vositalarni  tanlash  imkoniyati

                  kattaligidadir.  Zamonaviy  pochta  dasturlarida  ma’lumotlarni                   gipermatn

                  kо‘rinishida  (gipermurojaatlar,  matnlarni  shriftli  va  rangli  ajratilgan  lavhalari,

                  grafik tasvirlarni joylashtirish bilan) jо‘natish imkoniyati mavjud. Bundan tashqari,

                  xatga  ixtiyoriy  formatdagi,  masalan,  MS  Word  formatidagi  faylini  jо‘natishni

                  tashkil etish mumkin bо‘lgan fayl biriktirilishi mumkin. Off-line texnologiyaning

                  samaradorligi  joriy  konsultatsiya,  nazorat  va  mustaqil  ishlar  asosida  о‘qituvchi

                  tomonidan «qо‘lda» tekshiriladigan joriy nazoratlarni tashkil etishda kо‘rinadi.

                        Internet tarmog‘ida forumlar veb-sayt kо‘rinishida bо‘ladi va Veb-forum deb

                  ataladi. Veb-forum - veb-sayt tashrif buyuruvchilarining о‘zaro muloqotini tashkil

                  etish  uchun  mо‘ljallangan  veb  sayt  sahifalari  va  uskunalari  majmui.  Qisqacha

                  aytganda,  forum  bu  veb-saytning  tashrif  buyuruvchilari  muloqot  о‘rnatadigan

                  maydonchasi.  Bunda  ixtiyoriy  foydalanuvchi  forum  veb  saytiga  tashrif  buyurib,

                  о‘zini  qiziqtirgan  mavzuni  о‘rtaga  tashlashi  va  veb-saytning  boshqa  tashrif

                  buyuruvchilari bilan muhokama qilishlari mumkin.

                        Forum muloqotning yana bir oddiy turi bо‘lib, bu muloqotda ixtiyoriy vaqtda

                  ixtiyoriy joydan qatnashish ham mumkin. Bunda biror bir mavzu tanlanadi va u

                  muhokamaga  qо‘yiladi.  Qatnashuvchilar  muzoqara  bilan  tanishib  о‘z  fikrlarini

                  jо‘natishlari mumkin. Bu usulda siz muhokamada qatnashayotganlarni kо‘rmaysiz,

                  faqatgina  ularning  fikrlari  bilan  tanishib  chiqishingiz  mumkin.  Forumda  turli  -

                  tuman  mavzular  muhokama  qilinadi.  Bunda  siz  biror  mavzuni  tanlab,  ularning

                  muhokamasida ishtirok etishingiz mumkin.

                        Internet forumlari alohida yо‘nalishlarga ixtisoslashgan yoki umumiy bо‘lishi

                  mumkin. Ixtisoslashgan Internet forumlarga meditsina, dasturlash texnologiyalari,

                  dizayn  va  moda,  kompyuter  о‘yinlari  va  transport  vositalariga  bag‘ishlangan

                  forumlar misol bо‘ladi. Ixtisoslashgan forumlarda faqatgina mо‘ljallangan sohaga

                  oid  mavzular  muhokama  qilinadi,  umumiy  forumlarda  esa  ixtiyoriy  mavzuni

                  о‘rtaga tashlash mumkin.

                        Halqaro forumlar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:

                        -  Medicinform.Ru  forumi    –    ushbu    forum    orqali    tibbiyot    sohasiga



                                                               123
   119   120   121   122   123   124   125   126   127   128   129