Page 119 - Microsoft Word - Tarmoq_texnologiyalari_O˘quv_qo˘llanma_2022
P. 119
О‘quv-tarbiya jarayonining axborot-metodik ta’minotini amalga oshirishda
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarning bajaradigan asosiy vazifasi – ikki
tomonlama muloqotni ta’minlashdir. Teskari aloqasiz, о‘qituvchi va о‘quvchi
orasidagi doimiy muloqotsiz о‘qitish mumkin emas. О‘qitish (mustaqil о‘qishdan
farqli о‘laroq) ta’rifiga muvofiq muloqotli hisoblanadi. Ta’limning kunduzgi
shaklida muloqot imkoniyati о‘quv jarayonini tashkil etish shakli, о‘qituvchi va
о‘quvchining bir joyda va bir vaqtda bо‘lishini taqqozo qiladi.
О‘quv-tarbiya jarayonida foydalanish mumkin bо‘lgan texnologiyalarni
ikki: chat va off-line turlarga ajratish mumkin. Bularning birinchisi haqiqiy vaqtda
axborot almashinishni ta’minlaydi, ya’ni jо‘natuvchi tomonidan yuborilgan
ma’lumot, adresatning kompyuteriga yetgach, о‘sha zahotiyoq mos chiqarish
qurilmasiga jо‘natiladi.
On-line texnologiyalardan dastavval Internet orqali haqiqiy vaqtda matnli
ma’lumotlarni almashinishni amalga oshirish imkoniyatini beradigan ni
eslatishimiz kerak. Eng sodda holda “gap” ikki foydalanuvchi orasida amalga
oshadi. Jamoaviy suhbat uchun maxsus Irc-serverga ulanish zarur. U holda ish
mobaynida foydalanuvchi о‘z oldida ma’lumot yuboruvchisi kо‘rsatilgan
ma’lumotli ekranni kо‘radi. Kо‘pgina dasturlar, shuningdek foydalanuvchilar
ichidan boshqa foydalanuvchilardan ajralgan kimnidur «xususiy» muloqotga
chaqirish imkoniyati mavjud. Chat bilan ishlash uchun juda kо‘p sonda dasturlar
mavjud, masalan mirc. On-line texnologiyaning samaradorligi ayniqsa tarmoqli
seminar mashg‘ulotlar va guruhiy konsultatsiyalarini о‘tkazishda kattadir.
Chat tushunchasi
Chat deganda real vaqt tizimida Internet tarmog‘i orqali xabarlarni tezkor
almashish vositalari va ushbu muloqotni ta’minlab beruvchi dasturiy ta’minot
tushuniladi. Forumlarga nisbatan chat tizimida muloqot qilish va xabarlar
almashish real vaqt tizimida sodir bо‘ladi.
Chat - bu bir vaqtning о‘zida bir necha foydalanuvchining Internet orqali
muloqotidir. Bunda foydalanuvchilar odatda matn yozishish orqali yangiliklar
bilan almashishadi, yoki biror mavzuni muhokama qilishadi, yoki gaplashishadi.
Chat tizimida barcha foydalanuvchilar о‘zaro yozuv kо‘rinishidagi xabarlarni
118