Page 123 - Microsoft Word - Tarmoq_texnologiyalari_O˘quv_qo˘llanma_2022
P. 123

belgini kirita olmaysiz. Shundan qilib Tvitter axborotlarni jо‘natish tizimi veb sayt

                  orqali  matn  xabarlarni,  SMS  xabarlarni,  tabriklarni,  minnatdorchiliklarni  hamda

                  shunga  о‘xshash  turli  ma’lumotlarni  jо‘natish  mumkin.  Shuni  unutmang  -  siz

                  jо‘natgan  xabar  yoki  ma’lumot  barchaga  Internet  orqali  kо‘rinadi  va  imkonli

                  bо‘ladi.  Shuning  uchun,  xabarlarni  yozishda  va  jо‘natishda  axborotlardan

                  foydalanish va ishlash madaniyati qoidalariga rioya qiling.

                        Internet orqali muloqot qilish va izoh qoldirish madaniyati. Axborot saytlari

                  tomonidan  taklif  qilinayotgan  yoki  ushbu  axborot  saytidan  foydalanishingiz

                  oqibatida paydo bо‘layotgan barcha sharhlar, о‘zaro aloqa, taklif va fikrlar axborot

                  saytining shaxsiy mulki hisoblanadi va bulardan axborot sayti tomonidan istalgan

                  yerda va istalgan maqsadda dunyoning istalgan yerida sizning ruxsatingizsiz ham

                  foydalanish  mumkin.  Shuning  uchun  saytlarda  о‘zingiz  tо‘g‘ringizdagi

                  ma’lumotlarni  kiritishda  yoki  materiallarga  izohlar  kiritishda  ehtiyot  bо‘ling.

                  Izohlar  qoldirishda  birovning  nafsoniyatiga  tegadigan  ma’lumotlarni,  har  xil

                  nojо‘ya sо‘zlarni yozishdan saqlaning. Axborotdan foydalanish madaniyatiga rioya

                  eting.

                                                       Off-line texnologiyasi

                        Off-line  texnologiyani  foydalanilganda  olingan  ma’lumotlar  adresat

                  kompyuterida saqlanadi. Foydalanuvchi ularni maxsus dasturlar orqali о‘ziga qulay

                  vaqtda  kо‘rishi  mumkin.  Off-line  texnologiyaning  asosiy  qulayligi,  kompyuter

                  qurilmalariga  va  aloqa  liniyalarini  о‘tkazish  qobiliyatiga  qо‘yiladigan  talablarni

                  kamroqligidadir.  Ular,  hatto  kommutatsiyalangan  liniyalar  (Internetga  doimiy

                  ulanish  imkoniyati  bо‘lmagan  holllarda)  bо‘yicha  Internet  ulanishda  ham

                  foydalanilishi  mumkin.  Ushbu  turdagi  texnologiyalar  qatoriga  elektron  pochta,

                  jо‘natmalar  rо‘yhatlari  va  virtual  anjumanlarni  kiritish  mumkin.  List-server

                  yordamida  о‘quv  axborotlarni  jо‘natishni  tashkil  etish  mumkin,  elektron  pochta

                  orqali о‘qituvchi va о‘quvchi orasida shaxsiy muloqot о‘rnatiladi, Virtual anjuman

                  esa, о‘ziga xos murakkab bо‘lgan masalalarni yoki kursning qiynchilik tug‘dirgan

                  savollarini jamoaviy muhokama qilishni tashkil etish imkoniyatini beradi. Ushbu

                  barcha taxnologiyalar Internet ga ulangan turli kompyuterlar orasida ma’lumotlar

                  almashinish imkoniyatini beradilar.



                                                               122
   118   119   120   121   122   123   124   125   126   127   128