Page 138 - Microsoft Word - Tarmoq_texnologiyalari_O˘quv_qo˘llanma_2022
P. 138
Web–brauzerlar–bu dunyoning har xil burchaklaridagi Web–serverlar bilan
tanishib chiqish imkonini beradigan, kompyuterga joylashtirilgan dasturiy
ta’minotdir. Brauzerlar internet bo’ylab uzatiladigan matn va HTML teglarni
interpretasiya qila oladi va ularni ekranda to’g’ri aks ettiradi. Brauzerlar
kompyuterlarning turidan qat’iy nazar bir xil xizmat qiladi. Ular HTMLni yaxshi
tushunadi va interpretasiya qila oladi. <B> Privet </B> loyihasidagi Privet so’zini
ekranda alohida shrift bilan aks ettiradi.
Hozirgi paytda eng ommabop brauzerlarga quyidagilarni kiritish mumkin:
Netscape Communication ( ilgari Netscape Navigator) va Microsoft Internet
Explorer.
Netscape Communication–bu dunyodagi eng ommabop va eng ko’p
ishlatiladigan brauzer hisoblanadi. Netscape kompaniyasi foydalanishda nihoyatda
yengil dasturni kashf qilib va ulardan pulsiz foydalanish imkonini yaratib, internet
va WWWda inqilob qildi.
Agar siz hamisha bitta brauzerdan foydalanishni xohlasangiz, u holda
Netscapeni yuklang va ishga tayyorlang. Buning uchun quyidagi manzil bo’yicha
Netscapening uy saxifasiga tashrif buyuring: http://home.netscape.com va
qo’llanma (instruksiya)ga rioya qiling.
Netscape bozor lideri hisoblanadi, chunki uni keng miqyosda HTML va shu
kabi muhim Web–texnologiyalar quvvatlab turadi. Netscape ochiq arxitekturaga
ega.
Demak, Netscape Sun Microsystems tomonidan ishlab chiqilgan va internetga
mo’ljallangan Java–tili bilan, Web tadqiqotchilarining maxsus asboblari bilan,
Web–sahifalarda mantiqiy proseduralarni qo’llashga imkon beradigan Java Script–
tillari bilan ishlaydi.
Internet Explorer Netscapening eng asosiy rakibi Microsoft
kompaniyasining Internet Explorer brauzeri hisoblanadi. Bu brauzer Netscape
tomonidan kiritilgan ko’plab yangiliklarni va o’zida mavjud ilg’or texnologiyalarni
quvvatlaydi. Shu bilan birga, Internet Explorer HTMLni barcha darajalarini ham
quvvatlaydi. Internet Explorer ning yuklanadigan oxirgi versiya manzili
quyidagicha: http://www. microsoft. com/ie/default.asp.
137