Page 175 - Microsoft Word - Tarmoq_texnologiyalari_O˘quv_qo˘llanma_2022
P. 175

darkor. Joriy brauzer KATALOGI zakladkasi ko’rsatilgan «Administrator slujb

                  Internet»  sahifasini  yuklab  beradi  va  boshqarish  uchun  zaruriy  kataloglar

                  taxalluslari bilan birga taqdim etiladi.

                        Har  bir  katalogni  xoxishga  qarab  o’chirish  va  unga  yangi  yo’llanmalar

                  qo’shish mumkin. To’g’ri tanlangan kataloglar tuzilmasi xavfsizliki oshiradi, sayt

                  egalarini axborotlarni tartib va aql bilan joylashtirishga majbur qiladi, [42,43].

                        Kataloglar  taxalluslarida  va  lokal  kompyuterda  bajarilajak  ilovalarga  yo’l

                  ko’rsatish  uchun  adreslarda  to’g’ri  slesh–qo’yish  zarur.  Bunday  serverlarni

                  ma’muriy  qo’llashda qandaydir  muammolar  yuzaga  kelmasligi  kerak.  Server  bir

                  zumda ishdan chiqishi mumkin.

                        Boshqa Web–serverlar ham mavjud:

                          Intenet Infarmation Server (Microsoft), Falcon Web Server ( Blue Face)

                          Mabodo, Personal Web Server vositalari yetishmay qolsa va murakkabroq

                  server  o’rnatish  zaruriyati  paydo  bo’lgan  taqdirda  ko’plab  har  xil  murakkab

                  muammolarni o’rganib chiqish talab qilinadi.


                          Saytni internetda joylashtirishda provayder parametrlarini tanlash


                        Ko’pincha saytlar qaysidir internet − provayder serverining diskli bo’shlig’iga

                  joylashtiriladi.  Lekin,  bu  provayder  internetga  kiritilmasligi  mumkin.  Saytni

                  joylashtirishda  internetga  kirish  imkoniyatini  berolmaydigan  provayderlardan

                  farqli  o’laroq,  boshqa  parametrlarga  e’tibor  berish  zaruriyati  paydo  bo’ladi.

                  Ulardan ba’zi birlari quyida keltirilgan:


                        1) Diskli bo’shliq va pochta yashigi

                        Ma’lumki, saytni joylashtirish uchun diskli bo’shliq va pochta yashigi kerak.

                  Oxirgisi  odatda  pulsiz  taqdim  etiladi.  Nazardan  qochirmaslik  kerakki,  pochta

                  adresi  bilan  pochta  yashigi,  bular  butunlay  boshqa–boshqa  narsalardir.  Pochta

                  adresi  uchun  pochta  yashigi  har  doim  taqdim  etilavermaydi.  Ba’zida  yashiklar

                  qo’shimcha  haq  uchun  tavsiya  qilinadi.  Sayt  uchun  diskli  bo’shliqlarni  taqdim

                  etishga haddan tashqari e’tibor berish kerak emas, chunki hozirgi vaqtda tarmoqda

                  xohlagancha  bo’sh  va  tekin  joylarni  topsa  bo’ladi.  Agar  siz  tanlagan  provayder

                  parametri bo’yicha talabga javob bermasa, bunga parvo qilmasa ham bo’ladi.



                                                               174
   170   171   172   173   174   175   176   177   178   179   180