Page 170 - Microsoft Word - Tarmoq_texnologiyalari_O˘quv_qo˘llanma_2022
P. 170
1. Teskari bog’lanish formalarini yaratish, tahrir qilish.
1. Web–interfeys orqali xabarlarni ko’rib chiqish, ya’ni xabarlarni kelib
tushish vaqtiga qarab filtrlash; e-mail ning xabarlarda ko’rsatilgan kontaktli adresi
bo’yicha javobli xabarlarni jo’natish va xabarlarni yo’qotish.
2. Administratorning e-mail adresiga xabarlarni jo’natish, shu bilan birga,
unga xabarlarni jo’natish uchun e-mailni o’zgartirish imkoniyati borligi.
Web–sayt loyihasini amalga oshirishning navbatdagi bosqichi Web–sayt
sahifalari shablonlarini tayyorlash va ular asosida harakatdagi modellarni yaratish
hisoblanadi.
Web–sayt bajarish sifatini tekshirish uchun quyidagi savollar to’plamidan
foydalanish mumkin:
Web–sayt dizayni va navigasiyasini tekshirish.
1. Web–saytning nimaga bag’ishlanganligi birinchi qarashdan tushinarlmi?
2. Web–sayt dizayni uning mohiyatiga va korporativ talablarga mos keladimi?
3. Sahifaning yuqori qismida joy iqtisod qilinyaptimi?
4. Sahifada ortiqcha qo’pol va foydasiz elementlar yo’qmi? Ulardan voz
kechilsa yoki kamaytirilsa yomon bo’lmaydimi?
Foydalanuvchi Web–saytning xohlagan sahifasini ko’rib chiqqach, quyidagi
savollarga javob bera oladimi?
u qaysi sahifada joylashgan?
endi qaysi tomonga siljishi mumkin?
bu joyga qaytib kelish mumkinmi?
orqaga qanday qaytiladi? (Web–saytning ichki sahifalari uchun);
Web–sayt administratori bilan qanday bog’lanish mumkin?
Turli xil tayyorgarlik darajasidagi foydalanuvchilarga Web–saytning
funksional qismi (formali to’ldirish, Web–sayt administratori bilan o’zaro
muloqotda bo’lish va b.q.) dagi foydalanish yo’llari tushunarlimi?
Shuni yodda tutish kerakki, WWW 1989 yil boshida paydo bo’ldi.
Tadqiqotchilar–Shveysariyadagi elementar zarrachalar Yevropa laboratoriyasning
olimlari. Bu taklifni amerikalik Teodor Nilson bergan.
TCP/IP internetdagi protokollarning asosi hisoblanadi. Web «kliyent–
169