Page 165 - Microsoft Word - Tarmoq_texnologiyalari_O˘quv_qo˘llanma_2022
P. 165
jarayonlarni analiz etib, uning informasion modelini aniqlash mumkin. Buning
uchun har bir foydalanuvchi guruh uchun mo’ljallangan informasion mavzularni
aniqlash, keyin ularni kategoriyalar bo’yicha taqsimlash kerak bo’ladi. So’ngra
informasion mavzular o’rtasida vertikal va gorizontal aloqalar ko’rsatib, Web–
saytning informasion iyerarxiyasini tuzish zarur bo’ladi. Olingan strukturani Web–
saytda amalga oshirilajak jarayonlarga mos keladigan tarzda shunday tekshirish
kerakki, undagi har bir konkret jarayon informasion strukturaga mos tushsin.
Tavsiya qilinayotgan analiz sxemasini umuman istagan korporativ va
informasion Web–saytlar uchun qo’llasa bo’ladi. Bu Web–saytning umumiy–
funksionalligi va mohiyatini aniqlashda dudmollik (ikki ma’nolik)dan voz
kechishga va shu bilan tadqiqotchilar uchun boshlang’ich ma’lumotlarni olishga
imkon beradi.
Web–saytni ishlab chiqish praktikumi quyida keltirilgan:
A. Web–saytning maqsadli auditoriyasini aniqlang
1.Web–sayt foydalanuvchilari maqsadli guruh ro’yxatini tuzing. 2.Web–
saytdagi maqsad bo’yicha bir − biriga yaqin foydalanuvchilar
guruhlarini guruhga ajrating, masalan:
mijozlar (doimiy mijozlar, potensial mijozlar);
hamkorlar (mavjud hamkorlar, potensial hamkorlar);
Mutaxassislar (noraqobat kompaniya mutaxassislari, boshlovchi
mutaxassislar, ekspertlar);
OAV vakillari.
V. Web–saytda sodir bo’ladigan jarayonlarni aniqlang
Web–sayt orqali amalga oshirilajak jarayonlar ro’yxatini tuzing, masalan:
mijoz tomonidan taklif qilinayotgan mahsulotlar to’g’risida axborot olish;
mahsulotlarni sotib olish uchun oldindan berilgan buyurtmalarni
rasmiylashtirish;
korporativ yangiliklarni mijoz, hamkor, OAV vakillari tomonidan olinishi;
professional mavzular mutaxassislar tomonidan muhokama etilishi;
mijoz va hamkorlar bilan so’rov o’tkazish;
xamkorlik to’g’risidagi takliflarni potensial hamkor (hamkor) bilan
164