Page 164 - Microsoft Word - Tarmoq_texnologiyalari_O˘quv_qo˘llanma_2022
P. 164
foydalanuvchilar hamisha duch keladigan muammolarga quyidagilarni kiritish
mumkin: aloqa kanalining bo’shligi; kirish narxining yuqoriligi; raqobatdagi
axborotlarning haddan tashqari ko’pligi; behisob axborotlar ichida mo’ljal olish
murakkabligi; monitor ekranida matnlarni o’qish qiyinligi; Web–saytni
loyixalashda yuqoridagilarni inobatga olish zarur.
Foydalanuvchilarga qulaylik tug’dirish maqsadida voz kechish mumkin
bo’lgan ko’plab uchrab turadigan ortiqchaliklar;
1. Murakkab va esga solish qiyin bo’ladigan Web–sayt xillari.
2. Mijozga tushadigan ortiqcha yuklama, mijoz tomonidan nostandart
texnologiyadan foydalanish, (bu–kontekstda “mijoz”–Web–sayt tashrif
buyuruvchilari foydalanadigan brauzerlar).
Grafika va animasiyalardan ortiqcha foydalanish.
Axborot saxifalarini ortiqcha yuklash.
Menyudagi punktlarning haddan tashqari ko’pligi (6-8 tadan ko’p)
Maqolalardagi ortiqcha axborotlarning mavjudligi, maqolalar yomon
yozilgan.
Web–saytda jiddiy informasion yuklamalarni o’zida aks ettirmagan ortiqcha
oraliq sahifalardan foydalanish.
Sahifalarning yuqori qismida norasional foydalanish, (muhim bo’lmagan
axborotlarning ko’pligi).
5. Web–sayt maqsad va vazifalari tahlili
Web–sayt mohiyatini aniqlash
Web–saytdagi foydalanuvchilar tartibi va ular ishlarini tashkil etish
prinsiplarini aniqlash juda muhimdir. Web–sayt foydalanuvchisining ismi bo’lishi
kerak, degan savolga aniq javob bera olsangizgina bo’lajak Web–saytni ko’z
oldingizga aniq keltirasiz. Buning uchun foydalanuvchilar extiyojlar va Web–
saytga jalb etish mumkin bo’lgan jarayonlarni, axborotlar to’laqonligi va bajarish
darajasini ko’z oldiga keltirishi kerak. Bular barchasi kerakli qarorlarni qabul
qilishda asqotadi.
Informasion mavzularni aniqlash va tashkil etish
Taklif qilinayotgan Web–sayt auditoriya tartibini va saytda tashkil qilinajak
163