Page 163 - Microsoft Word - Tarmoq_texnologiyalari_O˘quv_qo˘llanma_2022
P. 163

Foydalanuvchilarni quvvatlash

                        Web–saytning  normal  ishlashi  uchun  foydalanuvchilar  bilan  teskari

                  bog’lanish  zarur.  Ularga  Web–saytda  yetarlicha  komfort  bo’lishi  kerak.  Buning

                  uchun har xil informasion quvvatlab turish vositalarini tatdbiq etish talab etiladi,

                  masalan,  nisbatan  murakkab  jarayon  ishlari  bo’yicha  spravochnik  materiallarini

                  saytda chop etish; tez-tez beriladigan savollarga javoblarni chop etish va b.q.

                                        Vaqt o’tishi bilan tekshirilgan usullarni qo’llash

                        Eng  avval bu texnologiyaga  xos internet  tadqiqotchilari eng  ko’p tarqalgan

                  texnologiyaga      mo’ljal     olishlari    zarur.    Internetdagi     har  bir      yangilik

                  foydalanuvchilarga mos keladigan qat’iy testdan o’tishi kerak bo’ladi. Aks holda

                  texnologiyadan  foydalanishda  saytda  qatnashuvchilar  soni  kamayib  ketishi

                  mumkin.

                                                             Jamoa ishi

                        Ilgari  Web–saytni  ishlab  chiqarish  va  uni  kuzatish  bilan  bitta  odam

                  shug’ullanishi mumkin, deb qaralar edi. Bunday odam Web–master deb atalar edi.

                  U  bir  nechta  vazifalarni  bajarish  kerak  edi,  masalan,  sistema  administratori,

                  ma’lumot baza administratori, programmist, dizayner, HTML–koder (varaqlovchi),

                  jurnalist,  marketolog,  Web–loyiha  menejeri  va  b.q.  Lekin,  Web–saytni  to’g’ri

                  rejalashtirishda  yuqoridagi  vazifalarni  baravariga  bajara  oladigan                odam

                  topilmasligi  aniq.  Bu  holatdan  chiqib  ketishning  bitta  yo’li  bor;  bu  ham  bo’lsa,

                  Web–saytni tatdbiq qilish bilan birga Web–sayt ish asbobi (instrument) bo’ladigan

                  yangi biznes–jarayonlarini yaratishdir. Masalan, yangiliklarni kim tayyorlaydi  va

                  chop  etadi?  SMI  vakillari  va  jamoatchilik  bilan  Web–sayt  orqali  kim  muomala

                  qiladi;  Web–sayt  orqali  xizmat  va  mahsulotlarga  buyurtmalarni  ko’rib  chiqish

                  vazifasini;  imkoniyati  bor haridorlarga  maslaxat berishni;  varaqalarini  tartibli  va

                  xatosiz  chop  etib  nazorat  qilishni;  Web–sayt  uchun  kompleks  reklama

                  kompaniyasini amalga oshirish va shu kabilarni kim bo’yniga oladi?

                        Natijada Web–sayt ko’pchilik biznes–jarayonlarda qulay va kerakli asbobga

                  aylanadi.

                        Ortiqchalikni yo’qotish

                        Internet–bu ortiqchalikka  ko’z  yumib  ketadigan  muhit  emas.  Internetdan



                                                               162
   158   159   160   161   162   163   164   165   166   167   168