Page 158 - Microsoft Word - Tarmoq_texnologiyalari_O˘quv_qo˘llanma_2022
P. 158
3.5.Web–sayt dasturiy qismini tadqiq etish.
4. Domen nomlarni ro’yxat qilish.
5. Web–saytni quvvatlash va tashrif buyuruvchilar bilan teskari aloqa ishlari
bo’yicha buyurtmachi shaxsini o’qitish.
6. Saytni quvvatlash. 6.1.Web–
saytni joylashtirish (xosting)
6.2.Domen nomlarni quvvatlash.
6.3.Web–saytning texnik kuzatuvi.
6.4. Web–saytning informasion kuzatuvi (ko’pincha buyurtmachi tomonidan
bajariladi, lekin boshqacha holatlar ham bo’lishi mumkin).
6.5. Internetda saytni harakat ettirishning an’anaviy usullari.
Baxtga qarshi Web–saytning ko’plab o’zbekistonlik buyurtmachilari uning
internetdagi harakati uchun sarf–harajatlar rejalashtirmay, tekin servislar–qidiruv
serverlaridan registrasiya (qayd qilish)ga mo’ljal qiladilar.
Internetning rus–zabon sektorida Web–saytni harakat ettirish uchun ko’plab
reklama agentliklari mavjud. Bu mavzudagi foydali axborotlarni WebRating Web
Rating (http: // www/ webrating.ru) saytidan topish mumkin. Internetning
O’zbekistondagi sektorida faqat bitta maxsuslashgan reklama agentligi Brand.uz
ishlab turibdi (http;//WWW.brand.uz)). Bu agentlik o’zining boshlang’ich
rivojlanish bosqichida bo’lib, bir nechta yirik Web–dizayn studiyasiga ega.
4. Biznes–jarayon.
Web–saytni yaratish zarurligi to’g’risidagi qarorni qabul qilish uchun
kompaniyangizdagi qanday biznes–jarayonlar uchun bu Web–saytni tadqiq etish
mumkinligini aniqlab olish kerak bo’ladi?
Bugun quyidagi tijorat Web–saytlari mavjud:
4.1. Reklama sayti–ixtiyoriy reklama singari internet informasion muhitidagi
konkret mahsulot va xizmat yoki brendni reklama qilish uchun xizmat qiladi. Katta
miqdordagi grafik element va multimedia vositalari (Flash) sahifalarida
qo’llanilishi bilan farqlanadi.
4.2. Informasion sayt–mijozlarning virtual uyushmasini tuzish to’g’risidagi
qarorni qabul qilishda “informasion to’siq” ni olib tashlash uchun tashrif
buyuruvchilarni mahsulot va xizmat turlari to’g’risidagi ma’lumotlar bilan to’la-
to’kis boxabar etish uchun xizmat qiladi. Saxifalar tashqi ko’rinishining
157