Page 153 - Microsoft Word - Tarmoq_texnologiyalari_O˘quv_qo˘llanma_2022
P. 153

sahifa  asosiy  rol  o`ynaydi.  Doimo  birinchi  sahifa  manzili  sayt  manzili  deb

                  hisoblanib  kelingan.  Birinchi  sahifani  o`quvchi  e’tiboridagi  yorug`  fotografiya,

                  chiroyli  nom  va  yirik  sarlavhali  bosh  maqola,  nomerli  jurnal  muqovasi  bilan

                  solishtirish mumkin. Agar birinchi sahifa e’tiborni jalb qila olmasa, u holda sayt

                  tashrif  buyuruvchilari  birinchi  sahifadan  nariga  o`tmaydilar.  Birinchi  sahifani

                  jihozlash  uslubi  saytnikiga  mos  kelishi  kerak.  Ko`pincha  erkin  holatda  har  xil

                  jipslashtirish  va  cho`zish  vositalaridan  foydalanib,  birinchi  sahifaga  ko`p

                  miqdordagi axborotlarni joylashga to`g`ri keladi.

                        Har  bir  sayt  sahifasi  unga  qo`yiladigan  qator  talablardan  tashqari  tashrif

                  buyuruvchining  ikkita  savoliga  javob  berishi  kerak:  «Men  qayerdaman»  va  bu

                  yerdan  men  qayoqqa  borishim  kerak».  Buning  uchun  internet  bepoyonligidagi

                  mo`ljallash  va  harakat  qilish  vositasidan,  ya’ni  navigatsion  tizimdan  keng

                  foydalanish kerak. Sayt navigatsion tizimi roli uning boy sahifasining alohida roli

                  bilan  uzviy  bog`langan  bo`lishi  kerak.  Agar  endigina  tashrif  buyuruvchili  sayt

                  ichida  juda  bo`lmasa  bir  qadam  tashlashga  ishontirilsa,  u  holda  u  qizib  qolib,

                  saytdagi  taqdim  qilingan  hamma  axborotlarni  to`la-to`kis  tadqiq  qilib  chiqadi.

                  Internetda  axborotlarni  taqdim  etishning  maqsadi  va  mohiyatini  mana  shunday

                  izohlash mumkin.

                               2. Web–sayt yaratish va o`rganish muammosini faollashtirish

                        Iqtisodiyotni  globallashtirish  sharoitida  informatsion  madad                istagan

                  darajadagi  tashkiliy  xo`jalik  faoliyatining  unumli  rivojlanishiga,  aholining

                  axborotlashtirilganligi  va  farovonligini  o`sishiga  va  odamlar  o`rtasidagi  o`zaro

                  munosabatlar  yaxshilanishiga  ko`maklashuvchi  muhim  elementlardan  biriga

                  aylanib  bormoqda.  Bunday  yutuqlar  keng  ko`lamli  WWW  tarmog`i  va  unga

                  joylashgan  Web–saytlarning  doimo  ishlab  turishi  evaziga  erishiladi.  Shuning

                  uchun hozirgi vaqtda har bir tashkilot yoki har bir shaxs, qayerda ishlashidan qat’iy

                  nazar,  internetda  o`z  joyini  yaratish  zarurligini  tushunmoqda.  Chunki  bu  usul

                  natijasida butun dunyoga o`zi to`g`risida, o`zining ish faoliyati to`g`risida gapirish

                  va  internetning  bepoyon  resurslaridan  o`z  maqsadi  yo`lida  foydalanish

                  imkoniyatlari  paydo  bo`ladi.  Axborotni  Internetda  joylash  uchun,  yuqorida

                  aytilganidek, uni ekranda aks ettirish uchun qulay bo`lgan ko`rinishda, ya’ni Web–



                                                               152
   148   149   150   151   152   153   154   155   156   157   158