Page 152 - Microsoft Word - Tarmoq_texnologiyalari_O˘quv_qo˘llanma_2022
P. 152
uchun Web–saytni quvvatlab turish bo`yicha ishlar, umuman doimiy hisoblanadi
va ular xabarlarni yangilab turish, sayt tashrif buyuruvchilari o`rtasidagi
dialoglarni quvvatlab turish va elementlarni tatbiq qilish kabi ishlarni bajaradilar.
Hozirgi vaqtda eng ko`p tarqalgan axborotlarni taqdim qilish turi–bu shaxsiy
saytlardir. Ular ko`pincha «sahifalar», deb ataladi. Ko`p hollarda saytning bunday
har hilligi o`zini birinchi marta Web–dizayner rolida his etgan shaxs tomonidan
bajarilgan bo`ladi. Shuning uchun bunday sahifalar maxsus professional
dizaynerlar ishidan farqlanmaydi. Asosan shaxsiy sahifalar dizayni yoki yorug`
rangli palitra bilan yoki sahifalar o`zlarida faqat matnlarni kiritib qo`yadilar.
Axborot taqdim qilish xilma − xilligiga yana davlat ta’lim va moliyaviy
strukturalar tasarrufidagi noprofessional korxona va tashkilotlar, ilmiy markaz va
kutubxonalar va sh.k.ning Web–saytlari kiradi. Bunday saytlar odatda, qandaydir
darajada odatiy standart jihozlanishiga ega bo`ladilar, asosan ularda o`zgarmas
statistik ma’lumotlar salmog`i ko`proq bo`ladi. Bunday saytlar ishlab turishning
asosiy vazifasi konkret maxsuslashgan axborotlar taqdim etilib yaratilishidir.
Bunday saytlar asosan, profesional dizayner tomonidan bajariladi. Yirik tijorat
kompaniyalari ko`proq tashrif buyuruvchilar e’tiborini jalb qilish maqsadida sayt
qiyofasini tez-tez o`zgartirib turadilar.
Eng ta’sirchan va e’tiborli sayt–bu sayt kontenti hisoblanadi. Bu kategoriyaga
har xil qidiruv sistemalari, sayt yangiliklari va sharhlovchilar kolonka(ustun)lari va
ta’lim resurslari kiradi. Bu tipdagi saytlar uchun xuddi notijorat saytlar kabi
jihozlanishi muhimligi bo`yicha mazmun yuqori o`rinda turadi, shuning uchun
ularning o`rtamiyona dizayn darajasi tijorat kompaniya va firmalar saytlariga
nisbatan, sezilarli darajada past. Umuman, alohida e’tiborni jalb qiladigan
dizaynlar kotent saytlarga zarur emas. Ko`p marta va doimiy bo`ladigan
tashriflarga mo`ljallangan bu kabi saytlar jihozlash elementlarini
minimallashtirishga intiladilar.
Bundan maqsad shuki, o`quvchilar o`zlarnining qimmatli vaqtlarini grafikani
o`zgartirishga sarf qilmasinlar va ularni asosiy mazmundan hech narsa chetga
tortmasin.
Internetda axborotlarni taqdim qilishda saytning yuzi hisoblangan birinchi
151