Page 156 - Microsoft Word - Tarmoq_texnologiyalari_O˘quv_qo˘llanma_2022
P. 156
3. Byudjet. Sizga kerakli Web–saytlarni yaratish uchun qancha vaqt sarf
qilishga tayyorsiz? Uning internetdagi harakati uchun qancha byudjet
rejalashtirmokchisiz?
4. Biznes–jarayon. Web–sayt yordamida qanday biznes–jarayon tashkil
qilish mumkin? Bunda amaldagi biznes–jarayon o’zgarishi qanday bo’ladi? Har
holda qanday biznes–jarayonlar paydo bo’ladi yoki yo’qolib ketadi? Web–saytdan
foydalanish hisobiga qo’shiladigan iqtisodiy effekt (iktisod yoki foyda) qanday?
5. Web–saytni tayyorlovchi (tadqiq qiluvchi) Web–saytni zaruriy vazifalar
bilan kim va qaysi muddatga yaratadi? Tadqiqotchi tajribaga egami? Tadqiqotchi
Web–saytning dinamik bo’limlarini yaratish va ularning masofaviy
administrasiyalash texnologiyasi (xabarlarni yetkazish mahsulot kataloglarini tahrir
qilish, hujjatlarni ommalashtirish, har hil foydalanuvchilar uchun internetga
kirishni boshqarish va b.q)dan foydalanadimi? Bajaruvchi Web–saytga ishlov
berishni, xosting, quvvatlash va harakatlarni o’z ichiga olgan kompleks
yechimlarni taklif qiladimi?
6. Web–sayt (xosting)ni joylashtirish. Web–saytni qayerga joylash-tirish
mo’ljallanayapti? Mo’ljaldagi auditoriyaga u qulay bo’ladimi? Web–sayt
auditoriyasi kengaygan holatda Web–server quvvati va Internet–provayderi
panelining o’tkazish qobiliyati qoniqarli bo’ladimi?
7. Quvvatlash va harakat Web–sayt informasion to’laligini faol holatda kim
va qanday quvvatlaydi? Web–sayt tashrif buyuruvchilari bilan muloqotni kim va
qanday amalga oshiradi? Web–saytning internetdagi harakati bilan kim va qanday
mashg’ul bo’ladi?
Shunday qilib, Web–saytni joylashtirish, kuvvatlash va uning harakatiga
tegishli savollar bilan Web–sayt tadqiq qilinguncha tanishib chiqmoq zarur.
Endi bu savollarni batafsil ko’rib chiqamiz.
1. Auditoriya. Har bir Web–sayt asosan tashrif buyuruvchilar uchun
yaratiladi, birinchi navbatda, siz ko’z oldingizga aniq keltirishingiz zarur, ya’ni
kim uchun bu ishni qilyapsiz va odamlar internetdan foydalanadimi? Hammaga
ma’lumki, hozirchalik O’zbekistonda internetdan aktiv foydalanuvchilar soni
yuqori emas. Bundan tashqari, ko’plab foydalanuvchilar respublika tashqarisidagi
155