Page 160 - Microsoft Word - Tarmoq_texnologiyalari_O˘quv_qo˘llanma_2022
P. 160
5. Web–sayt tadqiqotchisi. Sayt tadqiqotchisini tanlash saytingizda amalga
oshirilgach masalaning murakkabligiga bog’lik bo’ladi. Hozir O’zbekistonda 100
dan ortiq kompaniyalar har xil murakkablikdagi Web–saytlarni tayyorlash
bo’yicha va 50 dan ortiq xususiy Web–dizayn studiyalari o’z xizmatlarini taklif
qilmoqdalar. Ularning ko’pchiligi reklama va informasion Web–saytlar uchun
yechimlar taklif qiladilar. Bunda sayt Web–saxifalarining ko’pchiligi qo’l bilan
varaqlanadi va ba’zida tekin yoki arzon narxda dasturiy yechimlar ishlatiladi.
Design. uz. Sarcor. Design, On–Style, ISP Nayter, Isp Payvaz va shu kabi
kompaniyalar minimal avtomatizasiya (informasion lentalar, elektron vitrinalar,
elektron trans–listlar, teskari bog’lanish) bilan biznes–saytlar uchun yechimlar
taklif kiladilar. Bunda peril, php, Asp da yozilgan va pulsiz qo’llaniladigan SUBD
(my SQL va b.q.) arzon dasturiy yechimlar ishlatiladi.
O’zbekistonda ishlayotgan Eurasia Technologies Group kompaniyasi
Platinum Partners i Soft Osiyo EIP(Enterprise Information Portal–korporativ
informasion portal) klassli yechimni taklif qiladi. Bu yechim o’z ichiga biznes–
saytlar va korporativ portallar (elektron savdo maydonchasi va birjalar, elektron
tezkor maydonchalari va vakans kataloglari, foydalanuvchilar haq–huquqini
boshqarish uchun qarorlar va b.q), uchun sozlanuvchi modullarni oladi. Eurasia
Technologies Group tomonidan taklif qilayotgan texnologiya Uzbekistonda yakka
hisoblanadi va analogi yo’q, (Java programmalashtirish tili va SUBD Oracle Jif
qo’llaniladi) va bizdagi Web–saytlarni yaratish uchun ishlatiladigan barcha mavjud
yechimlardan ham a’lo hisoblanadi, chunki u elektron biznes uchun ancha yuqori
klassli yechimlar qatoriga kiradi.
Tadqiqotchini tanlashda uning Web–saytni ishlab chiqish, joylashtirish
(xosting) va kuzatish, konsultasion va marketing xizmatlaridan iborat kompleks
yechimlar taklif qilinishini hisobga olish kerak, chunki faqatgina kompleks
yechimlar buyurtmachini loyihani amalga oshirishda har xil “texnik”
noqulayliklardan asraydi.
6. Web–saytni joylashtirish (xosting)
Xostingni tanlashda internet provayder imkoniyatini, ya’ni kanalning
o’tkazish qobiliyatini inobatga olish kerak bo’ladi. Bir vaqtda qancha tashrif
159