Page 161 - Microsoft Word - Tarmoq_texnologiyalari_O˘quv_qo˘llanma_2022
P. 161

buyuruvchilar  Web–saytga  kira  olishi  mana  shu  ko’rsatkichga  bog’liq  bo’ladi.

                  Provayder  kanali  turli  xil  mamlakat  va  mintaqadagi  foydalanuvchilarga  bir  xil

                  yaxshi va qulay bo’lishi kerak. Xosting sifatiga ta’sir etuvchi boshqa parametr–bu

                  Web–server unumdorligi hisoblanadi. Xosting vakolati sanalgan kompaniya bilan

                  saytning  ommaviyligi  (tashrif  buyuruvchilar  soni)  oshgan  taqdirda  kanalning

                  o’tkazish qobiliyati va Web–server unumdorligini mos ravishda oshirish to’g’risida

                  kelishib olish kerak bo’ladi.

                        7. Quvvatlash va harakat

                        Web–sayt tadqiq qilinguncha Web–saytni quvvatlab turish va uning siljishi

                  bilan kim va qanday qilib mashg’ul bo’lishini aniqlash muhim faktordir.

                        Web–sayt informasion to’laligini yangilab turishni tashkil etishning ikki usuli

                  mavjud:

                        O’zgarish  Web–sayt  tadqiqotchi  kompaniya  xizmatchilari  tomonidan

                  kiritiladi;

                        O’zgarish Web–sayt buyurtmachi kompaniya xizmatlari tomonidan kiritiladi.

                        Birinchi  usul  tadqiqotchi  kompaniyadagi  Web–saytni  quvvatlab  turuvchi

                  maxsus xizmatni tashkil etishni talab qiladi.

                        Ikkinchi  usul  buyurtmachi  kompaniyadan  o’z  xizmatlari  uchun  maxsus

                  elektron  ish  joylari  yaratliishida  vositalar  qo’shishni  talab  qiladi.  Mana  shunday

                  elektron  ish  joylari  yordamida  buyurtmachi  kompaniya  xizmatlari  mustaqil

                  ravishda  Web–sayt  informasion  tulaligini  kuvvatlab  turadilar.  Buyurtmachi

                  kompaniya xizmatchilaridan internet–texnologiyasi bo’yicha maxsus bilimlar talab

                  qilinmasligi  (brauzer  bilan  foydalanishdan  tashkari)  maqsadida  elektron–ish

                  joylarining masofaviy foydalanish interfeysidan maksimal ravishda foydalanadi.

                            Web–sayt  yaxshi  ishlab  turishida  eng  asosiy  elementlardan  biri  −  bu

                  axborot  tashuvchilar bilan teskari bog’lanishni to’g’ri tashkil qilinganligidir. Uni

                  shunday  tashkil  etish  kerakki,  Web–sayt  tashuvchilari  bilan  doimo  dialog  olib

                  borishi  mumkin  bo’lsin.  Bunda  imkoniyat,  qulaylik  yuzaga  keladi,  agar  tashrif

                  buyuruvchilar va kompaniya xizmatchilari tomonidan bo’ladigan har xil xabarlarga

                  shu zahotiyoq reaksiya qurish uchun qulay va tushunarli interfeys tashkil qilinsa.

                        Web–saytni quvvatlash jarayoniga uning doimiy harakati (siljishi) ham kiradi.



                                                               160
   156   157   158   159   160   161   162   163   164   165   166