Page 159 - Microsoft Word - Tarmoq_texnologiyalari_O˘quv_qo˘llanma_2022
P. 159

ko’rkamligi  (ixchamligi)  bilan  ajratib  turadi,  chunki  bu  Web–saytdagi  barcha

                  elementlar kerakligi axborotlarni tez va qulay usulda qidirib topish uchun xizmat

                  qiladi.

                        4.3.  Biznes–sayt–kompaniyaning  alohida  tashqi  biznes–jarayonlarni  tashkil

                  qilish  uchun  xizmat  qiladi,  (masalan,  ta’minotchi  va  dilerlarning  ombordagi

                  mahsulotlar; mahsulot yoki xizmatlarga ega bo’lishdagi buyurtmalari xizmatchi va

                  dilerlarni  o’qitish;  suhbatlar  olib  borish  jarayonlari  to’g’risida).  Biznes–

                  jarayonlarni tashkil etish uchun dasturiy modullar (internet–ilova) mavjudligi bilan

                  farqlanadi.

                        4.4.  Korporativ  portal  kompaniya  ichki  va  tashqi  biznes–jarayonlarining

                  servislarini  o’z  ichiga  oladi.  Bundan  tashqari,  korporativ  portal  tarkibiga

                  kompaniyaning  turli  xil  bo’limlari  o’rtasida  axborot  almashuvi,  buxgalteriya

                  ilovalari,  ombor,  kadrlar  bo’limi,  statistik  va  analitik  axborotlar,  spravochnik,

                  o’quv  axborotlari;  ta’minotlar,  dillerlar,  iste’molchilar  bilan  ishlash  uchun

                  avtomatlashtirilgan vositalar va b.q. kiradi. Biznes-jarayonlarni tashkil etish uchun

                  internet-ilova,  kompaniya  (buxgalteriyasi,  ombor,  rejalashtiruvchilar  va  b.q.)  da

                  foydalaniladigan  amaliy  dasturlarga  kirish  uchun  interfeyslar  mavjudligi  bilan

                  farqlanadi.

                        Web–saytning  paydo  bo’lishi  mavjud  biznes-jarayonga  ozmi  −  ko’pmi

                  o’zgarish  kiritishni  nazarda  tutish  kerak.  Masalan,  jamoatchilik  bilan  aloqa

                  bog’lash  bo’limida  yangiliklarni  o’z  navbatida  chop  etish  masalasi,  marketing

                  bo’limida Web–saytni siljitish ishlari, Web–sayt davomati statistikasining analizi,

                  on-laynda  savol-javoblar  va  reklama  aksiyalarini  o’tkazish.  Mahsulotlar  bozori

                  (sbo’t)  bo’limi  on-layn  mijozlari  bilan  ishlashni,  kadrlar  bo’limi  esa,  Web–

                  interfeys orqali vakant joylarga nomzodlarni tanlashni o’rganishi kerak.

                        Ko’pincha internet–texnologiyadan foydalanish kommunikasiya bilan bog’liq

                  vositalar (axborotlarni tarqatish va qabul qilib olish, gaplashish tarmoqlari)ni ancha

                  iqtisod  qilishga  olib  keladi.  Bu  ishlar  vaqtni  iqtisod  qilish,  internet  va  boshqa

                  axborotlarni  uzatishdagi  narxlar  farqi  evaziga  sodir  bo’ladi.  Arthur  Anderson

                  bergan ma’lumot bo’yicha bu iqtisod har xil biznes-jarayonlar uchun 5%dan 80%

                  gacha bo’ladi.



                                                               158
   154   155   156   157   158   159   160   161   162   163   164