Page 151 - Microsoft Word - Tarmoq_texnologiyalari_O˘quv_qo˘llanma_2022
P. 151
HTML boshqaruv loyixalari yordamida sahifa umumiy «sklet» i aniqlanadi va
keyinchalik ular matn, rasm, dastak va sh.k. deb ataladi.
Web–sayt asosida internetda axborotni ifodalash shaxsiy sahifani yaratishda
butunlay farq qiladi, chunki dunyoda sahifani tadqiq qilishdagi barcha ishlar
butunlay kompyuter egasi yelkasida bo`ladi. Web–saytni yaratishdagi ishlar ijodiy
harakterga ega bo`lib, unda har biri o`z vazifasini bajaruvchi ma’lum miqdordagi
mutaxassislar ishtirok etadi. Masalan, yirik tashkilotlarda dizayner–sayt uslubini
yaratadi; rassom–badiiy jihozlar va grafiklarni tayyorlaydi; Web–master HTML–
vositasi bilan sayt verstini; dasturchi sayt uchun dasturiy modullarini yozish;
yozuvchi–sayt matnlari va maqolalarni tuzish; kontent master–saytga joylashgan
materiallarni tanlash va ko`zdan kechirish; analitik saytdagi axborotlar
ommaviyligini analiz qilish; trafikani analiz qilish, statistik ishlarni olib borish;
server administratori–dasturiy apparat kompleksining ish qobiliyatini quvvatlash
xavfsizligini ta’minlash; menejer–marketolog tashkilot va hamkorrlar bilan
aloqada bo`lish; reklama faoliyatini olib borish, sayt davomatini ta’minlash va b.k.
Tabiiyki, shaxsiy axborotlarni yoki juda katta bo`lmagan firma va
tashkilotlarni, shu bilan birga sayt boshlang`ich versiyalarini internetga taqdim
etishda barcha mutaxassislarga ega bo`lish shart emas, odatda bitta yoki ikkita
professional bajaruvchilar bilan qoniqish xosil qilinadi.
Sayt yaratish ishlarini boshlashdan oldin, internetga taqdim qilinajak
axborotning maqsad va vazifalarini aniqlab olish zarur, ya’ni kim uchun
muljallangan, sayt qanday axborotni taqdim qiladi; saytingizga potentsial ineternet
mijozlarning qiziqishi qanday darajada va b.k. Bunday va shunga o`xshash
savollarga berilgan javoblar saytning taxminiy ko`rinishini, strukturasi va hajmini
belgilab beradi.
Bunday sayt dizayni va mazmuni o`zaro biri–birini to`ldirib berishini esdan
chiqarmaslik kerak.
Qoida bo`yicha internetda axborotlarni taqdim qilish bo`yicha ishlar Web–
sayt yaratish bilan tugamaydi. Vaqt o`tishi bilan yangi texnologiyalar, yangi fikrlar
paydo bo`ladi, ekspluatatsiya qilish davrida har hil yondashishlar tadbiqdan so`ng
yechilishi mumkin bo`lgan ba’zi bir texnologik savollar yuzaga keladi. Shuning
150