Page 168 - Microsoft Word - Tarmoq_texnologiyalari_O˘quv_qo˘llanma_2022
P. 168
e’tibor berish kerak.
Web–sayt navigasion modelining birinchi varianti qurilgach, quyida
keltirilgan test bo’yicha tekshirib chiqing.
1. Web–sayt yaratish uchun qanday axborotlar mavjud va foydalanuvchilar
uchun qanaqasi kerak?
2. Web–sayt tashrif buyuruvchilari bilan teskari bog’lanish qanday
uyushtiriladi?
3. Web–sayt davomatini oshirish uchun qanday imkoniyatlar mavjud?
1. Web–saytning alohida bo’limlari qanday tez-tez va qanaqa vositalar bilan
yangilanib turadi?
2. Web–sayt foydalanuvchilarning maqsadli (tematik) guruhlari uchun qulay
bo’ladimi?
3. Birinchi marta kiruvchilar uchun Web–sayt bo’ladimi? Yigirmanchi marta
kiruvchilar uchunchi?
4. Tayyorgarlik darajasi har xil bo’lganlar uchunchi?
5. Turli xil mamlakat, mintaqalardan kelgan kishilar uchun Web–sayt
qulaymi?
Birinchi to’rtta savollarga berilgan javoblar Web–saytning oldingi yaratilgan
informasion strukturasini korreksiyalash (tuzatish)ga yordam berish mumkin.
Keyingi to’rtta savollar esa navigasion strukturalarni tekshirishda yordam beradi.
7. Web–saytning informasion to’ldirilishini loyihalash
Web–saytni loyixalash jarayonida uning informasion to’ldirilishi–kontent
(content–ichidagi bor narsalar)ga alohida e’tibor berish zarur. Web–saytning
informasion va navigasion strukturalari aniqlangach, sayt alohida sahifalarni
konkret ravishda informasion to’ldirilishi va uning ketma-ketligini aniqlashga
kirishish zarur bo’ladi.
Buning uchun informasion to’ldirish uchun mas’ul hisoblangan odam bilan
birgalikda Web–saytning har bir saxifasida qanaqa axborotlar (matn, tasvir,
animasiya va b.k.) joylashganligi aniqlanadi. Barcha olingan ma’lumotlar har bir
masala qarshisida bajaruvchi va bajarish muddati ko’rsatiladigan jadvalga
o’tkazilishi shart.
167