Page 172 - Microsoft Word - Tarmoq_texnologiyalari_O˘quv_qo˘llanma_2022
P. 172

5.2. WEB SAHIFALARNI INTERNETGA JOYLASHTIRISH VA

                                              ASOSIY TUSHUNCHALARI.



                                                                Reja:

                        1.  Web - serverda fayllarni joylashtirish
                        2.  Serverning ish mexanizmi
                        3.  Personal Web Server, kataloglar tuzilmasi, ma’muriyatchilik

                        4.  Sahifalarni internetda joylashtirish bo’yicha ba’zi bir tavsiyalar


                        Asosiy terminlar: TSR / IP protokoli, rouming, FTP protokoli, CGI, skriptlar

                  (ssenariy),  foydalanuvchi  mashinasi  va  server,  Personal  Web  Server,
                  WWWSHARE,  Administrator  slujb  Internet,  WWW.mak.com,  UNIX,  Shell

                  interpretatori,  diskli  bo’shliq,  pochta  yashigi,  Web–server  nusxasi,  dasturiy

                  ta’minot.

                                            1. Web - serverda fayllarni joylashtirish

                        Fayllarni  Web  -  tugunda  joylashtirish  katta  e'tiborni  talab  qiladi.  WWW-

                  serverni yaratishda asos bo‘lgan UNIX amal tizimi fayllar nomidagi registrga ko’ra

                  o‘ta sezgir, shuning uchun fayllar nomini to‘g‘ri terish muhim. HTML fayllarini

                  Web-serverda  joylashtirishni  amalga  oshirish  uchun  ma'lumotlarni  uzatishning

                  FTP  faylli  protokoliga  asoslangan  ko‘plab  vositalar  qo‘llanadi.  Ayrim  HTML

                  muharrirlari  fayllarni  Web-serverga  yetkazishning  ichki  vositalariga  ega.  Web-

                  serverda axborotni joylashtirish uchun shuningdek boshqa zarur ishlarni bajarish

                  uchun  ma'lum  huquqlar  zarur.  Yozilish  huquqini  olish  uchun  Web-server

                  joylashgan kompyuterda ro‘yhatdan o‘tish va unga axborotni UNIX yozishi uchun

                  parol olish kerak. Bu huquqlar UNIX tizimi ma'muri tarafidan beriladi.

                                                   2. Serverning ish mexanizmi

                            Yaratilgan saytni ishlashga majbur qilish kerak. Uni internet serverlaridan

                  bittasining  diskiga  joylashtirish,  uning  ishlashini  u  bilan  bog’liq  muammolar  va

                  tamoyillarni tahlil qilish kerak bo’ladi.

                            Eng  avvalo,  saytlar  jismonan  qayerda  saqlanadi  va  ular  uzoqdagi

                  foydalanuvchiga qanday qilib yetkaziladi? Saytlarni va alohida HTML–hujjatlarni

                  saqlash uchun tabiiyki, maxsus das’har, ya’ni Web–serverli kampyuter zarur. Bu




                                                               171
   167   168   169   170   171   172   173   174   175   176   177